Bugun Eron, keyingi nishon kim?..

Bugun Eron, keyingi nishon kim?..

Qishning so‘nggi kuni Yaqin Sharqda bir necha haftadan buyon kutilayotgan urush boshlandi: 28 fevral tongida AQSh va Isroil Eronga keng ko‘lamli zarbalar berdi.

Tehron, Isfahon, Qum, Karaj, Kirmonshoh kabi shaharlarda portlashlar qayd etilgan.

Ko‘p o‘tmay, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlanganini rasman tasdiqladi. Tramp Tehron yadroviy dasturini qayta tiklashga uringanini da’vo qilgan va vayronkor urushni “Amerika xalqini yaqinlashib kelayotgan tahdidlardan himoya qilish” maqsadi bilan oqlagan.

Isroil armiyasi Eronga shanba kungi hujum davomida Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy, prezident Mas’ud Pezeshkiyon va boshqa mulozimlarni yo‘q qilishga uringanini bildirgan.

Bir muddat o‘tib, AQSh va Isroilning qo‘shma hujumi oqibatida Eronni 1989 yildan beri idora etib kelayotgan 86 yoshli oliy rahnamo Ali Xomanaiy halok bo‘lgani tasdiqlandi.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Vashington va Tel-Avivning hujumiga javoban Isroil hududiga hamda Qo‘shma Shtatlarning Ko‘rfaz mamlakatlaridagi harbiy bazalariga hujum qilgan.

O‘zbekistonlik tahlilchilar Eronga qarshi urush va uning oqibatlarini muhokama qilmoqda.

“AQSh va Isroildagi rejimlar yana o‘zini “dunyo hakami” sifatida ko‘rsatmoqda. Hech kim ularga bu vakolatni bermagan. Bir davlat yadroviy arsenalga ega bo‘lishi mumkin, bu – “xavfsizlik”. Boshqa davlat ilmiy dastur yuritsa, bu – “tahdid”. Gumanizm ular uchun selektiv. Xalqaro huquq esa qulay paytda ishlatiladigan instrument, xolos. Bu xavfsizlik emas. Bu – nazorat. Bu – bosim. Bu – kuch orqali tartib o‘rnatish urinishidir”, – deb yozdi tahlilchi S.Pinxasova.

Erondagi urushning siyosiy mohiyatini tahlil qilgan.

“Eron–Isroil mojarosi odatdagidek “milliy manfaatlar to‘qnashuvi” sifatida talqin qilinmoqda. Go‘yo davlatlar sovuq hisob-kitob asosida, faqat strategik foydasini o‘ylab harakat qilayotgandek. Ammo xalqaro siyosatni diqqat bilan kuzatsak, ko‘p hollarda davlatlarni harakatga keltiradigan narsa milliy manfaat emas – rejimning omon qolish mantig‘idir...

Eron misolida zarbalarga javob berish harbiy jihatdan har doim ham manfaatli bo‘lmasligi mumkin. Lekin javob bermaslik rejim uchun ancha xavfli: u holda tashqi raqib emas, ichki auditoriya rejimni ojiz deb qabul qila boshlaydi. Avtoritar tizimlarda kuch obrazi – xavfsizlikning o‘ziga aylanadi. Shuning uchun ba’zan eskalasiya strategik tanlov emas, balki siyosiy majburiyatga aylanadi.

Isroilda ham vaziyat mutlaqo tashqi hisob-kitob bilan cheklanmaydi. Davlat xavfsizligi haqidagi signallar ichki siyosat bilan chambarchas bog‘liq. Hukumat qattiq javob qaytarmasa, bu nafaqat raqiblarga, balki o‘z saylovchisiga ham zaiflik signali sifatida ko‘rilishi mumkin. Demokratik tizimda bu – saylov yo‘qotish xavfi; avtoritar tizimda esa – elita parchalanishi va legitimlik xavfi…

Ba’zan urushlar davlatlar g‘alaba qozonishi uchun emas, hokimiyatlar omon qolishi uchun davom etadi”, – deb yozadi u.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikricha, Isroil bor ekan, musulmon dunyosida tinchlik bo‘lmaydi, chunki Isroilning maqsadi kelishib, tinch yashash emas.

“Isroil hech ikkilanmay, boshqa musulmon davlatlarni bosib olishni reja qilyapti. Va bu yo‘ldan to‘xtamaydi. Uning niyati – yahudiycha dunyo tartibotini yaratish. Epshteyncha tartibot o‘rnatish... Kecha Misr edi, Suriya edi, Livan edi, Iroq edi, Qatar edi. Bugun Eron. Ertaga Turkiya bo‘ladi, Saudiya bo‘ladi, Pokiston bo‘ladi, O‘zbekiston bo‘ladi, Indoneziya bo‘ladi... Eronni “xalqi norozi”, “diktatura rejimi” deyishadi. Isroilni o‘zida xalq Netanyahudan rozimi? Amerikaliklar Trampdan to‘liq rozimi? Amerikaliklar yoki Isroil yahudiylari yillab namoyishlar o‘tkazib kelishadi, nega ularning rejimi legitim, Eron nolegitim?

Isroil bor ekan va AQSh uning qo‘lidagi qo‘g‘irchog‘i bo‘lar ekan, musulmon dunyosi tinch bo‘lmaydi. Lekin yaxshi yangilik ham bor. Besh yil oldin arablar, musulmonlar Isroil va AQSh borasida yaxshi gumonda edi. Bugun shu gumondan asar ham qolmadi. Biroq hali musulmon dunyosidagi transformasiyaning boshidamiz...

Bu to‘liq sivilizasion urush, maqsad – musulmon dunyosini bo‘ysundirish, Isroilga qarshilik ko‘rsatadigan markazlarni birma-bir yo‘q qilish”, – deb hisoblaydi K.Rabbimov.

Tahlilchi Muhammadqodir Sobirov Erondagi harbiy holat partizanlik urushiga aylanib ketishi mumkin degan fikrda.

“Oxirgi norozilik harakatlari xalq hukumat tomonda emasligini ko‘rsatdi. Milliy o‘zliklar masalasi ham bor. Demak, Ukrainadagi kabi xalq qarshiligi bo‘lmaydi. Lekin diniy ulamolar ta’siri kuchli viloyatlarda partizanlar shaklidagi urush davom etsa kerak. Ya’ni siyosiy parokandalik davri boshlanadi. Buni AQShning Liviya, Iroq va Afg‘oniston operasiyalari namoyish qilgan. Va bu biz uchun juda yomon. Chegaralarga yaqin davlatda failed state (parokandalikka yuz tutgan davlat ma’nosida – tahr.) paydo bo‘lishi ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham tranzit muammolarni ko‘paytiradi”, – deb yozadi u.

Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev Erondagi beqarorlik ortidan O‘zbekistonning savdo yo‘llari falajlanishiga e’tibor qaratgan.

“Eksportimiz va importimiz bo‘yicha (osonroq) shimoliy yo‘limiz bor edi, hali ham bor, lekin u yo‘lning bir tarmog‘ida (Ukrainada) urush bo‘lyapti, boshqa tarmog‘i bir shantajchi moxovlar nazoratida.

Janubda ham ikki yo‘limiz bor edi, harqalay, ikkinchisi ustida zo‘r bosh qotirib ishlayapmiz, lekin, aksiga olib, bu yangi yo‘l o‘tgan ikki mamlakat – Afg‘oniston va Pokiston ikki-uch kundan beri ayovsiz urushyapti.

Shimoldagi yo‘limiz qiyinlashgach, asosiy eksport-import “tomirlari”mizdan biri Erondan o‘tayotgandi, lekin shu ham tagiga olib turibdi shekilli endi – AQSh va Isroil Eronga qarshi urush boshladi.

Tavba, uchala tomonimizda ham urush. Xuddi ataylab qilgandek”, – deydi M.A’zamxo‘jayev.

Jurnalist Ilyos Safarovga ko‘ra, Eronga qarshi urush zamonaviy dunyoda kuch omili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qolgani, xalqaro huquq amalda ishlamayotganini ko‘rsatadi. U nega ayrim jamiyatlarda tashqi xavf paytida xalq hokimiyat atrofida jipslashmaydi degan savolga ham javob izlagan.

“Bugungi voqealar, shuningdek, yana bir nechta jiddiy xulosalarni beradi.

Birinchidan, davlatlar uchun endi neytrallikning o‘zi yetarli emas. Davlatlar “tinchlik tarafdorimiz” degan pozisiyasini kuch bilan mustahkamlamasa, u tashqarida zaiflik sifatida qabul qilinadi.

Shunday ekan, har qanday davlat uchun xavfsizlik formulasining birinchi ustuni – baribir adolatli boshqaruv bo‘lib qolaveradi. Qonun ustuvorligi, korrupsiyaga qarshi real kurash, ochiqlik va xalq oldidagi hisobdorlik ichki barqarorlikning asosi. Xalq ishonchi – eng katta kapital.

Shu poydevor mustahkam bo‘lsa, keyingi masala – ilm-fan va texnologiya. Bu jihat ham hukumatlar uchun adolatli boshqaruv bilan eng avval uyg‘unlashtiriladigan masalaga aylangan. Chunki, ko‘ryapmiz, zamonaviy urushlar endi tanklar soni bilan emas, texnologik ustunlik bilan hal bo‘lmoqda. Dronlar, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, razvedka, yuqori aniqlikdagi tizimlar – bularning barchasi ilmga sarmoya natijasi...

Uchinchidan, professional va zamonaviy armiya. Yuqorida yozdim, endi armiya kuchini son emas, sifat hal qilmoqda. Tezkor boshqaruv, kuchli havo mudofaasi, zamonaviy texnika bugun tashqi dushmanni real tiyib turuvchi omillar bo‘lib qoldi.

Bas, davlatlarni endi ichki adolat va xalqqa hisobdor yuritiladigan oqilona tashqi siyosatgina saqlab qola oladi”, – deb xulosalarini bayon qilgan I.Safarov.

“Bugun kechasi, shunday muborak oy bo‘lishiga qaramay, yana dunyoning ba’zi burchaklarida bolalar shirin tushlar og‘ushida emas, sirenalar va portlashlar sadosidan cho‘chib uyg‘onishadi. Ular tunni qo‘rquv bilan, ertani esa omon qolish umidi bilan qarshi olishga majbur. Ertaga bahor boshlanadi, ammo qo‘rquv undan ilgariroq yetib keldi.

Qo‘rqib turgan bolani hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Hech qanday siyosat, hech qanday sabab, hech qanday kuch va hech qanday g‘alaba bola ko‘zlaridagi dahshatni oqlay olmaydi! Agar bolalar osmondan kelayotgan sadodan qo‘rqsa, demak, insoniyat yerda o‘z yo‘lini yo‘qotgan, ming afsus!..” – deya taassuf izhor qildi shoir va tarjimon A’zam Obid.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytildi

“Манчестер Сити” клуби ярим ҳимоячиси Тижани Рейндерс жамоа бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг кутилмаганда истеъфога чиққани ва бу қарорнинг ортида турган асл сабаблар ҳақида гапирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.