Bugun Adiz Rajabov tavallud topgan kun

Bugun Adiz Rajabov tavallud topgan kun

“Shuhrat” medali sohibi, professional teatr va kinoaktyori Adiz Rajabov 1984 yili 6 yanvar kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. Hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan.

Ijodi davomida “Nahotki sen”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Poyma-poy”, “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Farzandim 1,2”, “O Salima, Salima”, “Sarvqomat dilbarim”, “Qutqaring, qariyapman”, “Afg‘on”, “Super kelinchak”, “Visol”, “Ichkuyov”, “Dunyoning bir chekkasida”, “Er bermoq jon bermoq 2”, “Baxt uyi”, “Yolg‘on girdobi” kabi filmlarda va bir necha spektakllarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan.

Kinematografiya agentligi jamoasi Adiz Rajabovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!