«Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon kamida 43 yoshigacha futbol o‘ynay olishini aytdi. 42 yoshli posbon yaqinda «Yuventus» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirgandi.
«Jamoada kamida 43 yoshimgacha bo‘laman. 40 yoshga to‘lganimdan buyon oy sanaydigan bo‘ldim. Men ortiq yuqori darajada o‘ynay olmasligimni his qilgan zahotim ketishga tayyor bo‘lishim kerak. Qachonki buni his qilsam, ketaman. Hozircha esa kerakli darajada yaxshi holatda ekanimni his qilyapman. Hech narsa meni futbol o‘yinlarida maydonga tushishdek baxtli qila olmaydi», deb Buffonning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.
42 yoshli Buffon faoliyatini «Parma»da boshlagan. UYEFA kubogidagi yorqin o‘yinlardan so‘ng «Yuventus» uni o‘z safiga qo‘shib olgan. 17 yil Turinda o‘nagan darvozabon bir mavsum «PSJ»da o‘ynab, yana «Yuventus»ga qaytdi. Joriy mavsumda Buffon 8 o‘yinda qatnashib 8ta gol o‘tkazib yubordi. Klub yaqinda Buffon va jamoaning yana bir ko‘p yillik futbolchisi Jorjo Kyellini bilan shartnomani bir yilga uzaytirgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.