Kecha Budapesht shahrida konsullik-huquqiy sohadagi O‘zbekiston-Vengriya maslahatlashuvlarining birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O‘zbekiston delegasiyasiga TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Nazarov, Vengriya tomoniga Tashqi ishlar va savdo vazirligi Konsullik departamenti direktori Balazs Farkash boshchilik qildi.
Tadbirning ochilishida Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Adam Stifter va O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov ishtirokchilarni qutladilar.
Maslahatlashuvlar davomida tomonlar konsullik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, xususan, fuqarolarning o‘zaro sayohatlarini osonlashtirish, konsullik masalalari bo‘yicha huquqiy bazani yanada kengaytirish, shuningdek, ikki davlat hududidagi vatandoshlar va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda konsullik-huquqiy sohani takomillashtirish, xususan, O‘zbekiston fuqarolariga xorijdagi konsullik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha TIV faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishi, konsullik xizmatlarini bosqichma-bosqich elektron formatga o‘tkazish, viza rejimini liberallashtirish, shuningdek, O‘zbekistonning xorijiy muassasalari tomonidan haydovchilik guvohnomalari, elektron raqamli imzo va PINFL taqdim etilishini boshlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tomonlar ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ushbu konsullik maslahatlashuvlari ilk bor o‘tkazilayotgani va bu ikki davlat idoralari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda yaqin aloqalarni o‘rnatishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar konsullik masalalari bo‘yicha hamkorlikni muntazam ravishda yanada mustahkamlash va kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Shuningdek, tomonlar 2025 yilda O‘zbekistonda konsullik xizmatlari rahbarlari darajasida konsullik maslahatlashuvlarining ikkinchi davrasini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Украина Қуролли Кучлари 3-штурм бригадаси қўмондон ўринбосари Андрей Жорин фронтдаги вазиятни «жуда оғир» деб баҳолади ва ёз ҳамда куз ойларини мураккаб давр сифатида тасвирлади.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.