«Bu yurt bizga begona emas» – uzoq yillik qardoshlik rishtalari bilan bog‘langan O‘zbekiston – Turkiya

A A A
«Bu yurt bizga begona emas» – uzoq yillik qardoshlik rishtalari bilan bog‘langan O‘zbekiston – Turkiya

Ilk bor Turkiyada yurarkanman, esimda, o‘zimni hech begona his qilmadim, qo‘rqmadim, aksincha har yoqda menga hayrixohlik bilan yuzlangan nigohlarni ko‘rib, qadrdon go‘shaga qaytgandek bo‘lardim. Xolbuki, bu mening Turkiyaga birinchi bor kelishim, birinchi xorijiy safarim edi. Bunga sabab qidirish haqida o‘ylamasdim, chunki Vatanimning tarixiy ildizlari bir, maqsadlari mushtarak, kelajak haqidagi qadamlari yakdil bo‘lgan mamlakatda edim.

Bu safar huddi uzoq yillik ayriliqdan so‘ng do‘stni ko‘rishdek ta’sir qilardi menga. Buni har qadamimda ish, vaziyat yuzasidan turk xalqi bilan muloqotga kirisharkanman, «Nerelisin?» degan savoliga, «O‘zbekistondan» deb javob berganimda yuzlaridagi xursandchilik ifodalaridan ham his qilsa bo‘lardi. Va ularda ham huddi shunday kayfiyatni sezdim. «O‘zbekistonda ekanman, o‘zimni hech begona yurtdagidek sezmadim», «O‘zbekistonni bilamanmi? Nega bilmayin, axir qardoshmiz» deyishardi menga. Bu ikki qardosh mamlakatning fuqarolarida bo‘lishi kerak bo‘lgan eng muhim jihat edi, mening nazarimda.

Darhaqiqat, O‘zbekistonning Turkiya bilan ildizlari bir, ikki mamlakat xalqining azal-azaldan orzulari, maqsadlari mushtarak bo‘lgan. Ayni shu haqiqat sabab ham O‘zbekiston mustamlaka zabtidan qutilgan ilk yildayoq, uning mustaqilligini eng birinchilardan bo‘lib, shodiyona bilan tan olgan davlat ham Turkiya edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida hamkorlik shartnomalari imzolanadi. Shuningdek, iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan, ta’lim sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar bo‘yicha ham bitimlar imzolanib, kelishuvlarga erishiladi. 1996 yilda esa mamlakatlarimiz o‘rtasida “Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnoma imzolangan. Biroq, keyinroq, katta foyda keltirishi kutilgan, strategik jihatdan ham ikki davlatni kuchayishiga olib boruvchi uzoq yillik kelishuvlar ma’lum sabablarga ko‘ra, to‘xtab qoladi, afsuski.

Ammo, 2016 yilga kelib hammasi o‘zgardi. O‘zbekiston shu yildan boshlab, ichki va tashqi siyosatida umuman o‘zgacha, ochiq siyosat yurita boshladi. Natijada, yillar davomida turli sabablarga ko‘ra yopilgan chegaralar qayta ochilishni, to‘xtagan munosabatlar qayta tiklanishni boshladi. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilk prezidentlik yilidayoq Turkiya bilan hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi. Shu yilning o‘zida ikki davlat rahbarlari Pekin, Ostona shahridagi tadbirlarda va BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan edi.

Natijada «2016 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Joriy yilning to‘qqiz oyida tovar ayirboshlash hajmi 29 foizga oshdi. Mamlakatimizda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Shu yilning o‘zida yurtimizda ushbu mamlakat sarmoyasi ishtirokida 20 dan ortiq korxona tashkil etildi, 53 kompaniyaning vakolatxonalari akkreditasiya qilindi».

O‘zbekiston Republikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 2017 yildagi Turkiyaga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisod, turizm, sog‘liqni saqlash, fan, ta’lim madaniyatga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi. O‘z navbatida 2018 yilda Rejep Tayyip Erdog‘an Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

«Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz – O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq», deya ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari bu kelishuvlar haqida.

2019 yilda esa O‘zbekiston va turkiy tilli davlatlar, jumladan Turkiya uzoq yillardan buyon kutgan voqea yuz berdi. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida O‘zbekiston rasmiy ravishda kengashga to‘la huquqli a’zo bo‘lib qo‘shildi. Bu voqelik dunyo hamjamiyati va turkiy tilli mamlakatlar o‘rtasida yurtimiz nufuzining yana bir karra oshishini ta’minlabgina qolmadi, balki davlat rahbarining o‘z xalqi ko‘nglida uzoq yillardan buyon asrab kelayotgan orzu-umidlarini ko‘ra olgani, uni ro‘yobga chiqarish uchun dadil qadam tashlagani bilan ham O‘zbekiston tarixida yorqin xotiraga aylandi.

2022 yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va strategik sheriklik munosabatlari yo‘lga qo‘yilganining 5 yilligi nishonlandi. Bu vaqtga kelib, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga o‘sib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘payib, 2 mingdan ortdi. Investisiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari 70 barobarga o‘sdi.

Qisqa davr ichida ikki davlat rahbarlarining bir qator uchrashuvlar, rasmiy tashriflari natijasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida munosabalar iliqlashib, keng qirrali, uzoq marrali hamkorliklar yuzaga kela boshladi. Yana, bir e’tiborli tomoni, har ikki davlat rahbarlari muhim uchrashuvlarda ikki xalqning sevimli shoirlaridan satrlar ketirib o‘tishidir. 2018 yilda Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning «O‘zbegim» she’rini yoddan aytib berarkan, butun o‘zbek xalqining mehriga sazovor bo‘lgan edi. Keyinroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyuk turk shoiri Yunus Emrodan she’r o‘qishi ham qardoshlarimiz tomonidan juda iliq kutib olindi. Aytish kerakki, bu shunchaki davlat rahbarlarining shoirlardan she’r o‘qishi emas, balki ikki qondosh xalqning uzoq asrlik birdamligi, hamfikrligining ham ifodasi edi.

Mana shunday samimiy munosabatlar fonida birodar xalqimiz boshiga tushgan og‘ir yo‘qotish, talofat barchamizni qayg‘uga soldi. Turkiyada boshlangan katta talofatli zilzila har bir o‘zbekning yuragini larzaga keltirdi. Shu bilan birga butun O‘zbekiston oyoqqa qalqdi: yurtdoshlarimiz zilzilaning ilk kunidayoq, qardoshlarimizga ko‘mak berishga shoshildi. Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek sigmenti turk birodarlarimizga yordam berish niyatida yo‘lga chiqmoqchi, moddiy mablag‘ o‘tkazmoqchi bo‘lgan, ularga sog‘lik-omonlik so‘ragan postlar bilan to‘ldi.

Birinchi kundayoq Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 dan ortiq qutqaruvchilari jo‘natildi. Shuningdek, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi «Yoshlar kelajagi» jamg‘armasi, O‘zbek-turk ishbilarmonlar uyushmasi (UTİD), Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEİK), Turkiya Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (MÜSİAD) O‘zbekiston bo‘limi tashabbusi bilan esa zilziladan jabr ko‘rgan Turkiya aholisiga insonparvarlik yordami yig‘ildi. Anadolu agentligiga ko‘ra, «Hukumat, tadbirkorlar va O‘zbekiston aholisi tomonidan 170 tonna insonparvarlik yordami yig‘ilib, ular 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida mamlakatning turli hududlariga yetkazilgan».

Bundan tashqari O‘zbekistonda va Turkiyada yashayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan moddiy mablag‘ yig‘ildi. Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan har kuni 5 ming kishiga ikki mahal osh pishirib tarqatildi. Tabiiy ofat zonasida O‘zbekistondan 100 nafar qutqaruvchi va 71 shifokor hamda Istanbuldagi O‘zbekiston madaniyat, tadqiqot va birdamlik uyushmasi ko‘ngillilari ham qutqaruv ishlarida ishtirok etdi.

Xalqimizda «Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi» degan naql bor. Ushbu og‘ir kunlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik, hamjihatlik rishtalari nafaqat sinovdan o‘tdi, balki yanada mustahkamlandi. Ana shunday og‘ir kunlarda o‘zbek-turk xalqlari azaldagi kabi bir-birini suyar, yelkadosh bo‘lar ekan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik dunyo rivojida muhim bo‘g‘in bo‘lib qo‘shilishiga, Turkiyaning bu sinovlarda ham qaddi bukilmasligiga bo‘lgan ishonch ko‘nglimizga chiroq bo‘la olyapti.

Sojida Botirova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.