Bu yilgi test sinovlari yopiq binolarda o‘tishi mumkin

Bu yilgi test sinovlari yopiq binolarda o‘tishi mumkin

Abituriyentlar bilishi kerak bo‘lgan muhim yangiliklar e’lon qilindi.

Bu yilgi qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10 iyulda tugaydi. Bu haqida qabulga oid ovozli chatda ma’lum qilindi.

Abituriyentlar soni 1 mln 200 ming bo‘lishi prognoz qilinyapti.

Test sinovlari yopiq binolarda o‘tishi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan va 92 ta bino ro‘yxati shakllantirilgan.

Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Konstitusiyaga oid savollar yangi qabul qilingan Konstitusiyadan tuziladi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!