Bu yil Qozog‘istonda Poytaxt kuni qanday nishonlanadi?

Bu yil Qozog‘istonda Poytaxt kuni qanday nishonlanadi?

Bu yil COVID-19 pandemiyasi paytida Poytaxt kuni qanday nishonlanishi mumkin? Bu savolga QR Madaniyat va sport vaziri Aqtoti Raimqulova javob berdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri. 

«Albatta, biz Poytaxt kunini nishonlash doirasida ko‘plab konsertlarni rejalashtirganmiz. Endi esa mamlakatdagi karantin holatiga qarab reja tuzamiz. Shunga qaramay, biz oflayn loyihalar bilan shahar aholisi va mehmonlarini xursand qilishga qarakat qilamiz. Albatta, juda ko‘p onlayn loyihalar ham bo‘ladi. Aytmoqchimanki, biz madaniy tadbirlarni Poytaxt bayramiga munosib darajada tayyorlamoqdamiz», - dedi Aqtoti Raimqulova.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, ilgari Aqtoti Raimkulova Qozog‘istonda 3D formatidagi ekskursiyalarni taklif qiladigan muzeylar va qadimiy qadamjolar ro‘yxatini e’lon qilgandi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!