Bu yil qancha turkiyalik hajga borishti ma’lum bo‘ldi

Bu yil qancha turkiyalik hajga borishti ma’lum bo‘ldi

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi bu yilgi Shavvol oyi umra ziyoratini 2022 yil 2 maydan, haj safarlarini esa 7 iyundan boshlashga qaror qilgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Hay’at qaroriga ko‘ra, bu yil uchun yangi qur’a o‘tkazilmaydi va ziyoratchilar 2020 yilgi qur’a natijalariga ko‘ra muborak safarga yo‘l oladilar.

Bu yil haj ziyoratiga boradiganlar Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan belgilangan talablar doirasida aniqlanadi. Ya’ni 65 yoshgacha bo‘lgan haj yo‘lovchilariga yakuniy ro‘yxatdan o‘tish huquqi beriladi. 65 yoshdan oshgan ziyoratchilarni ro‘yxatga olish huquqi keyingi yilga qoldiriladi.

Turkiya Diyonat ishlari raisi professor Ali Erboshning ma’lum qilishicha, bu yil haj ziyoratiga 37 770 nafar turkiyalik musulmon boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!