Bu yil magistraturaga necha kishi hujjat topshirdi?

Bu yil magistraturaga necha kishi hujjat topshirdi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi:

— 30 iyul kuni magistr.edu.uz veb-sayti orqali magistraturaga ariza topshirish yakunlandi. Shu saytga qancha ariza kelib tushdi? Ularning tahlili bormi?

— Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun 78 000 dan ortiq onlayn ariza topshirildi. Bu 2018 yilga nisbatan 7 barobar, 2019 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p.

Eng katta tanlov — xorijiy tillar, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va iqtisodiyot mutaxassisliklariga to‘g‘ri keladi.

Masalan, Farg‘ona davlat universitetida xorijiy tillar mutaxassisligida bir o‘ringa — 105 ta hujjat topshirilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kompyuter injeniringi mutaxassisligida — bir o‘ringa 68 ta hujjat topshirildi. Iqtisodiyotda — bir o‘ringa 45 ta talabgor hujjati topshirilgan.

Eng ko‘p hujjat topshirilgan oliy ta’lim muassasalari — O‘zbekiston milliy universiteti (6077 ta), Samarqand davlat universiteti (3651 ta) va Termiz davlat universiteti (3403 ta).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!