Bu ish ham og‘ir gunohlardan biridir!

A A A
Bu ish ham og‘ir gunohlardan biridir!

Bismillahir Rohmanir Rohim.
Dinimizda turli hayvonlarni urishtirish, bu o‘yinlarga pul tikib qimor tashkil qilish va hatto tomosha qilish – ta’qiqlangan, harom ishdir. Bu haqda Ibn Abbos raziyallohu anhu shunday deydilar:

نَهَى رَسًولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ التَّحْرِيشِ بَيْنَ الْبَهَائِمِ )رَوَاهُ الْاِمَامُ التَّرْمِذِيُّ(

ya’ni: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hayvonlarni urishtirishdan qaytardilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Bu hadisi sharifning sharhida muhaqqiq olim Mullo Aliyyul Qori shunday deydilar:

أَيْ عَنِ الْإِغْرَاءِ بَيْنَهَا بِأَنْ يَنْطَحَ بَعْضُهَا بَعْضًا أَوْ يَعَضَّ أَوْ يَدُوسَ أَوْ يَقْتُلَ فِي النِّهَايَةِ هُوَ الْإِغْرَاءُ وَتَهْيِيجُ بَعْضِهَا عَلَى بَعْضٍ كَمَا يَفْعَلُ بَيْنَ الْجِمَالِ وَالْكِبَاشِ وَالدُّيُوكِ وَغَيْرِهَا يَعْنِي كَالْفِيلِ وَالْبَقَرِ وَكَمَا بَيْنَ الْبَقَرِ وَالْأَسَدِ وَإِذَا كَانَ الْإِغْرَاءُ بَيْنَ الْبَهَائِمِ مَنْهِيًّا فَبِالْأَوْلَى أَنْ يَكُونَ بَيْنَ الْإِنْسَانِ مَنْهِيًّا وَهُوَ كَثِيرٌ فِي بَعْضِ الْبُلْدَانِ رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ

“Ya’ni, Payg‘ambarimiz sallalllohu alayhi vasallam hayvonlar bir-birini shoxlashi, tishlashi, bosib-yanchishi yoki o‘ldirishi uchun ularni gij-gijlash (urishtirish)dan qaytardilar. “Nihoya” kitobida hadisdagi “taxrish” – hayvonlarni bir-biriga gij-gijlash, deyiladi. Tuya, qo‘chqor, xo‘roz, fil va buqalarni bir-biriga gij-gijlab urishtiradilar. Buqa va sherni ham gij-gijlashadi. Hayvonlarni bir biri bilan urishtirish mumkin emas ekan, odamlarni bir-biri bilan urishtirish undan ham yomonroqdir. Odam urishtirish ayrim shaharlarda ko‘p uchraydi. Bu hadisni Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyat qilgan” (“Mirqotul mafatih”).

“Avnul Ma’bud” kitobida bu haqida shunday deyilgan:

وَوَجْهُ النَّهْيِ أَنَّهُ إِيلَامٌ لِلْحَيَوَانَاتِ، وَإِتْعَابٌ لَهُ بِدُونِ فَائِدَةٍ، بَلْ مُجَرَّدُ عَبَثٍ

“Hayvon urishtirishdan man qilishning sababi – hayvonlarga hech bir foydasiz, balki o‘yin uchun azob berish va qiynashdir”.
Hayvonlarni urishtirishning haromligi haqida Xalqaro islom uyushmasi qoshidagi Islom fiqhi akademiyasining Makka shahrida 1987 yil (1408 h. yil Safar oyida) bo‘lib o‘tgan o‘ninchi davra majlisida qat’iy fatvo berildi. Hayvon urishtirishning haromligi aniq bo‘lgandan keyin, o‘rtaga pul qo‘yib urishtirish yoki tomoshabinlar pul bilan garov bog‘lashlarining ham harom ish ekanligi kelib chiqadi.
Dinimizda hayvonlarga ham sababsiz ozor, aziyat va azob berish mumkin emas. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yuz qismiga tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib: “Bunga tamg‘a urganni Alloh la’natlasin!” – dedilar (Imom Muslim rivoyati). Yana hayvonlarni “musla” qilish (tirik hayvonlarni a’zolarini kesib yaralash)dan ham qaytarilganmiz. Demak, hayvonlarga ozor berish, azoblash va ularga shafqat ko‘rsatmaslik shariatimizda og‘ir jinoyat hisoblanadi. Hayvonlarni qamab qo‘yib, ochlikdan o‘ldirish – haromdir. Hadisi sharifda bir mushukni qamab qo‘yib qiynagan ayolning oxiratda azoblanishi haqida xabar berildi (Imom Buxoriy rivoyati). Kunlarning birida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam eti suyagiga yopishib ketgan tuyani ko‘rib qoladilar va: “Bu tilsiz hayvonlar to‘g‘risida Allohdan qo‘rqinglar. Minishga yaroqli qilib mininglar, yeyishga yaroqli qilib yenglar”, – dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati). Har bir hayvonni nima uchun yaratilgan bo‘lsa, shu ishda foydalanish ham – dinimizning ko‘rsatmalaridan biridir. Bir hadisi sharifda: “Ulovlaringiz ustini minbar qilib olishdan saqlaninglar…”, – deyilgan (Imom Abu Dovud rivoyati). Buning ma’nosi, kimnidir kutayotganda, savdo-sotiq qilayotganda yoki boshqa ishlarni qilayotganda, zarurat bo‘lmasa, ulovni ustiga minib turmang, deganidir. Hadisi shariflarda tirik jonzot (tovuq, qo‘y, echki kabilar)ni o‘q otishga nishon qilib olishdan qaytariladi (Imom Buxoriy rivoyati).

Dinimizdagi hayvonlarga bog‘liq yana bir asl qoida – ularga rahm-shafqat ko‘rsatishdir! Chanqagan itga shafqat ko‘rsatib, quduqdan suv olib chiqib bergan kishining gunohlarini Alloh taolo kechirgani rivoyat qilingan (Imom Buxoriy rivoyati). Sahobiylar safarda chumchuqqa o‘xshagan qushning paloponlarini olib qo‘yishganda, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam paloponlarni o‘z joyiga qaytarib qo‘yishni buyurdilar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Hayvonlarga rahm-shafqatning bundan ham oliy darajasi – hatto go‘shti uchun so‘yilayotgan hayvonni ham qiynamaslikdir. Hadisi shariflarda so‘yilayotgan hayvonni qo‘pol ravishda sudramaslik, pichoqni hayvonni oldida qayramaslik, pichoqni o‘tkir qilish va boshqa hayvonlar oldida so‘ymaslik buyuriladi. Qo‘yni yiqitib qo‘yib, pichog‘ini qayrayotgan bir kishiga Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Uni bir necha marta o‘ldirmoqchimisan?!” – deb tanbeh berdilar (Imom Hokim rivoyati). Fatvo kitoblarda agar zarar yetkazmasa, hasharotlarni ham behuda o‘ldirish mumkin emasligi zikr qilingan.
Hayvonlarga mana shunday mehr shafqat bilan muomala qilishga buyurgan shariatimiz, ularni urishtirib qiynash va azoblash, tomoshabin bo‘lish va bu ishga pul tikib qimor o‘ynashdan qattiq qaytargan. Vallohu a’lam.

Manba: hidoyat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Tramp dunyodagi superdavlatlar nomini aytdi

АҚШ Президенти Дональд Трамп журналистларга дунёнинг иккита суперқудрати қайси давлатлар эканини айтди.

Mourinyo – “Real” bosh murabbiyi...

Мадриднинг “Реал” клуби португалиялик мутахассис Жозе Моуриньони бош мураббий этиб тайинлаш бўйича келишувга эришди.

Ukraina dronlari o‘z askarlarini yo‘q qildi

Дарёдан сузиб ўтган Украина аскарлари Россиянинг “Шимол” гуруҳи назорати остидаги ҳудудда қуролсиз ҳолда топилган эди.

O‘zbekiston terma jamoasining JCh oldidangi rejalari ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоасининг Жаҳон чемпионати олдиданги тайёргарлик режаси маълум қилинди.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.