Britaniya razvedkasi Rossiyaning Qrim ko‘prigini kamuflyaj qilish mashqlarini samarasiz deb atadi

Britaniya razvedkasi Rossiyaning Qrim ko‘prigini kamuflyaj qilish mashqlarini samarasiz deb atadi

Britaniya Mudofaa vazirligi razvedkasi o‘zining kundalik hisobotida rossiyalik harbiylar tomonidan 24 may kuni Kerch bo‘g‘ozidagi Qrim ko‘prigi hududida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar haqida gapirdi.

"Mashg‘ulotlar ko‘prikni TDA-3 tutun generatorlari yordamida qisman niqoblab qo‘yadigan tutun pardasini yaratishdan iborat edi. Ehtimol Rossiya Quruqlik kuchlarining radiasion, kimyoviy va biologik himoyasi 28 brigadasi tomonidan amalga oshirildi", — deb yozadi maxsus xizmat.

“Rossiya doktrinasi tutundan foydalanishni kamuflyajning bir qismi deb hisoblaydi va unga katta ahamiyat beradi. Biroq, amalda, umuman olganda, Rossiya kamuflyaji markaziy rejalashtirish va zaif jangovar intizom tufayli Ukrainadagi urushda samarasiz bo‘lib chiqdi", — deyiladi Britaniya razvedkasi hisobotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!