BRICS musobaqasi yakunlandi. O‘zbekiston delegasiyasi 114 ta medalga ega chiqdi

BRICS musobaqasi yakunlandi. O‘zbekiston delegasiyasi 114 ta medalga ega chiqdi

O‘zbekiston delegasiyasi VI BRICS o‘yinlarini 114 ta medal bilan to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

Rossiyaning Qozon shahrida VI BRICS o‘yinlari o‘z poyoniga yetdi. 13—4 iyun kunlari 90 ta jamoa ishtirokida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston delegasiyasi 17 ta oltin, 39 ta kumush va 58 ta bronza, jami 114 ta medal jamg‘ardi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin to‘rtinchi natijani qayd etdi.

O‘zbekiston boks delegasiyasi ushbu musobaqada 5 ta oltin 7 ta kumush va 8 ta bronza medallariga ega chiqdi. Umumjamoa hisobida faqat mezbon Rossiya jamoasi yaxshiroq natija qayd etdi. Xususan Bahodir Jalolov finalda belaruslik Vladislav Smyaglikovdan ustun kelib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan milliy federasiyalar, sportchi va murabbiylarni qayd etilgan yuqori natija bilan qutladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!