BRICS davlatlari yangi zahira valyuta yaratish ustida ishlamoqda - Putin

BRICS davlatlari yangi zahira valyuta yaratish ustida ishlamoqda - Putin

Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, BRIKS davlatlari xalqaro hisob-kitobning ishonchli mexanizmini yaratish ustida ish olib bormoqda.

“Rossiyaning "Mir" to‘lov tizimidan foydalanish geografiyasi kengaymoqda. Mamlakatlarimiz valyuta savatchasi asosida xalqaro zaxira valyutasini yaratish masalasi ishlab chiqilmoqda”, — dedi Putin.

Turli cheklovlarga qaramasdan Rossiyaning BRIKS davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilning dastlabki uch oyida 38 %ga o‘sdi.

Rossiya BRIKS davlatlariga ko‘plab miqdorda neft, o‘g‘it va boshqa tovarlar yetkazib bermoqda. Xitoy va Hindiston esa Rossiyaga avtomobillar yetkazib bermoqda, chakana savdo sohasiga sarmoyalar kiritmoqda.

BRICS (BRIKS) Rossiya tashabbusi bilan 2006 yilda tashkil qilingan. Uning tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!