Braziliyada fojia yuz berdi. 4 futbolchi halok bo‘ldi

Braziliyada fojia yuz berdi. 4 futbolchi halok bo‘ldi

Braziliyada futbol jamoasini olib ketayotgan avtobusning ko‘prikdan qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda G1 Federal magistral polisiyasi ma’lumotlariga tayanib.

Fojia mahalliy vaqt bilan 30 yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan. Avtobus ko‘prikdan qulab, ag‘darilib ketgan.

Yo‘lovchilar orasida haydovchi, murabbiylar shtabi va ismi oshkor etilmagan futbol jamoasi futbolchilari ham bo‘lgan.

Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, qolgan 29 kishi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Omon qolganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!