Braziliyada anomal issiq qayd etildi

Braziliyada rekord darajadagi havo harorati 44,8°C qayd etildi, mamlakatning ayrim hududlarida diqqanafas jazirama kuzatilmoqda, deya xabar beradi BBC.
Yakshanba kuni eng yuqori harorat Arasuai shahrida qayd etilgan - 44,8°C. Oxirgi rekord harorat 2005 yilda 44,7 ° S edi.
Jazirama issiq El-Ninyo hodisasi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq. Sinoptiklarning aytishicha, bu haftada jazirama pasayishi mumkin. Milliy Meteorologiya Instituti (Inmet) ma’lumotlariga ko‘ra, faqat uchta mintaqada harorat 40 ° C atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Yuqori haroratlar Teylor Sviftning Rio-de-Janeyrodagi konsertini bekor qilishga majbur etdi, chunki juma kuni shou oldidan muxlis kasal bo‘lib vafot etdi.
Ekstremal ob-havo sharoiti iqlim o‘zgarishi sababli ko‘p joylarda tez-tez va kuchaymoqda.
Avvalroq Braziliyaning 3000 ga yaqin shahrida g‘ayritabiiy jazirama tufayli ob-havo bo‘yicha qizil ogohlantirish e’lon qilingan edi. Rio-de-Janeyroda havo harorati 42,5 ° S ga yetdi.