Braziliya terma jamoasi futbolchisi Ronaldinyoning gaplariga javob qaytardi

Braziliya terma jamoasi futbolchisi Ronaldinyoning gaplariga javob qaytardi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Ronaldinyoning gaplaridan hayratga tushganini ma’lum qildi.

«Uning gaplari menga va boshqalarga kutilmaganda ta’sir qildi. U doim bizni qo‘llab turgan, undan bunday gaplarni qachonlardir eshitamiz deb o‘ylamagandik. Ronining bu gaplari ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Uni kumir sifatida ko‘raman. U barchamiz uchun afsona. Uning gaplari musobaqadan oldin bizga qattiq zarba bo‘ldi. Men uning gaplariga qo‘shilmayman», — dedi Rafinya.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo avvalroq endi Braziliya termasini o‘yinlarini ko‘rmasligini, u yerda o‘ynayotgan futbolchilarda ishtiyoqni ko‘rmayapganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!