Braziliya – Argentina o‘yini qayta o‘tkazilmaydi

Braziliya – Argentina o‘yini qayta o‘tkazilmaydi

O‘tgan yilning 5 sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Braziliya va Argentina o‘rtasidagi o‘yin 4-daqiqada to‘xtatilgandi. Argentinaning to‘rt futbolchisi – Buendia, Martines, Lo Chelso va Romeroning Braziliya hududiga koronavirus qoidalarini buzgan holda kirib kelgani bunga sabab qilib ko‘rsatilgandi.

Joriy yilning fevral oyida FIFA tartib-intizom qo‘mitasi uchrashuvni takroran o‘tkazishga qaror qildi. Har ikki jamoani jarimaga tortdi. Koronavirus qoidalarini buzgan futbolchilarni 2 o‘yinga diskvalifikasiya qildi.

Shundan so‘ng Braziliya milliy jamoasi jarohatlar xavfi, diskvalifikasiyalar sababli takrori o‘yin o‘tkazilishiga qarshi chiqdi. Argentinaliklar ham bu bahsga boykot e’lon qilishdi. Shularni hisobga olgan Sport arbitraj sudi – CAS jamoalarning mazkur o‘yinni o‘tkazmaslik haqidagi kelishuvini ma’qulladi.

Zero, ikkala jamoa ham mundialning final bosqichiga yo‘l olgan, turnir nuqtayi nazaridan bu bellashuv hech qanday rol o‘ynamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!