Boshqirdiston O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

Boshqirdiston O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

Boshqirdiston O‘zbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Boshqirdiston bosh vaziri Andrey Nazarov Toshkentda ish boshlagan respublikaning hududlararo hamkorlik forumi davomida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Nazarov forumda Boshqirdistonning iqtisodiy salohiyati va O‘zbekiston mintaqalari bilan hamkorlik istiqbollarini namoyish etdi.

“Qarshimizda O‘zbekistonning “UzAuto Motors”, “Uz-Tong Xong Ko” kabi avtomobilsozlik flagmanlari bilan ikki tomonlama sheriklik imkoniyatlari ochilmoqda”, - dedi Boshqirdiston bosh vaziri.

Ta’kidlanishicha, Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston avto ishlab chiqaruvchilariga qoplash materiallari, sun’iy charm kabi mahsulotlarni yetkazib berishi mumkin.

Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, bunda Boshqirdistondagi yirik “Neftekamskoye proizvodstvennoye ob’edineniye iskusstvennix koj” kompaniyasi yordam bera oladi.

U korxona assortimenti 1500 tadan ziyod mahsulotdan iborat ekanini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!