Borrell Isroilni keskin qoraladi

Borrell Isroilni keskin qoraladi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Jozep Borrell Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi Xon Yunus shaharchasidagi maktabga uyushtirgan hujumlarini qoraladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qildi.

«Qachongacha bu mojaroning og‘irligini begunoh fuqarolar ko‘taradi?» - deb yozgan Borrell va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Evropa diplomatiyasi rahbari asirlarni ozod qilish va gumanitar yordam yetkazib berish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyul, seshanba kuni Isroil armiyasi Xon Yunus shahrida tinch aholi bo‘lgan maktabga hujum uyushtirdi, natijada 29 kishi halok bo‘ldi va kamida 53 kishi jarohat oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!