Boltiqbo‘yi mintaqasida xavfsizlik yomonlashmoqda: Finlyandiya NATOga katta qadam tashladi

Boltiqbo‘yi mintaqasida xavfsizlik yomonlashmoqda: Finlyandiya NATOga katta qadam tashladi

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo bugun alyansga kirish haqidagi qonunlarni imzoladi. Shunday qilib, endilikda harbiy blokka qo‘shilish uchun barcha zarur milliy hujjatlar ratifikasiya qilindi.

Alyansda yangi a’zolarning paydo bo‘lishi mavjudlarning roziligisiz mumkin emas. Bugungi kunga qadar 30 ta davlatdan 28 tasi Finlyandiyaning NATOga arizasini ma’qulladi, Vengriya va Turkiya bundan mustasno.

Ayni paytda bugun Anqarada Turkiya parlamentining tegishli komissiyasi Finlyandiyaning NATOga a’zoligi haqidagi protokolni ratifikasiya qildi. Parlament uni uch kun ichida tasdiqlashi kutilmoqda.

Budapeshtdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, vengriya qonunchilari kelasi hafta boshida ushbu masala bo‘yicha ovoz berishadi.

Moskvada Xelsinkining NATOga qo‘shilish qarori muvozanatsiz deb hisoblanadi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova bugun yana bir bor ta’kidladiki, bu qadam Boltiqbo‘yi mintaqasini harbiylashtirishga yordam beradi va Yevropadagi harbiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!