Boliviya chempionatida hakam asosiy vaqtga 43 daqiqa qo‘shib berdi

Boliviya chempionatida hakam asosiy vaqtga 43 daqiqa qo‘shib berdi

Boliviya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan “Palmaflor” – “Blumingo” (3:2) uchrashuvida bosh hakam asosiy vaqtga 43 daqiqa qo‘shib berdi, deb xabar bermoqda Premium.

Ushbu uchrashuvda bosh hakam Xulio Gutyerres "Blumingo" darvozasiga ikkita penalti belgiladi va ikki jamoa futbolchisini maydondan chetlatdi. Uchrashuv oxiridagi epizodlardan biri VAR tekshiruvini talab qildi. Hakam bu lahzani 17 daqiqa davomida tekshirib ko‘rdi va o‘yinning 102-daqiqasida o‘z qarorini e’lon qildi. Kuchli yomg‘ir tufayli ham o‘yinda to‘xtalish kuzatildi.

Shu tariqa uchrashuvning asosiy vaqtiga 43 daqiqa qo‘shib berildi. "Palmaflor" 128-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Bu o‘yin Boliviya chempionati tarixidagi eng uzun o‘yin bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!