2024 yilgi Davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy soha xarajatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar to‘lash uchun 10 trillion so‘mdan ortiq, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalarga nafaqalar to‘lash uchun 3,6 trillion so‘mdan ortiq, mehnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqalar uchun esa 2,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda maromiga yetkazilmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida mazkur loyiha ko‘rib chiqilar ekan, deputatlar partiya maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy soha xarajatlariga alohida to‘xtaldilar.
Jumladan, fraksiya a’zolari 2024 yilgi Davlat byudjeti loyihasida aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligi va daromadlarining o‘sishini ta’minlash, aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida aks etayotganini e’tirof etdilar. Davlat byudjeti loyihasidagi aksariyat mablag‘lar bevosita fuqarolarning turmush darajasini oshirish uchun yo‘naltirilayotganiga e’tibor qaratdilar. Bu borada ko‘zda tutilayotgan maqsadlar partiya dasturiy vazifalariga hamohang va elektorat manfaatlariga daxldor ekanligini qayd etib, yana bir qator takliflarni o‘rtaga tashladilar.
Shuningdek, fraksiya a’zolari Davlat byudjetining parlamentda qonun sifatida tasdiqlanishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini belgilash va amalga oshirish bilan bog‘liq katta mas’uliyat ekanini ta’kidlab, uning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish lozimligini qayd etishdi. Qizg‘in muhokama va savol-javoblardan so‘ng 2024 yilgi Davlat byudjeti loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
Эрон Қатарнинг QatarEnergy компанияси объектларига қарши замонавий маневр қилувчи ракеталарни қўллади, улар Patriot ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини четлаб ўтишга қодир.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.