BMT Ukrainadagi urushda harbiylar tomonidan inson huquqlarining buzilish holatlari haqida hisobot e’lon qildi

A A A
BMT Ukrainadagi urushda harbiylar tomonidan inson huquqlarining buzilish holatlari haqida hisobot e’lon qildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet fevral oyida Rossiya bosqinining boshlanishidan buyon Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha oraliq hisobotini e’lon qildi. Hisobotda har ikki tomonda ham inson huquqlarining buzilishi hujjatlashtirilgan.
Mishel Bachelet Ukrainada tinch aholi qurbonlari sonining ko‘pligi va vayronagarchilik ko‘lami jiddiy tashvish uyg‘otayotgani, rossiyalik harbiylarning harakatlari xalqaro gumanitar huquq talablariga javob bermasligini ta’kidladi.
Oliy komissar, shuningdek, ukraina kuchlari qonunga tzliq amal qilmaganidan oz bo‘lsa-da, xavotirda. Shuniningdek, noqonuniy qotilliklar va Rossiya kuchlari xalqaro huquqni jiddiy buzganliklarini tasdiqlovchi dalillar to‘plami ortib borayotganidan ham xavotirlar mavjud. Har ikki tomon ham tinch aholini o‘zboshimchalik bilan hibsga olgani qayd etilgan.
Har ikki tomondan ham harbiy asirlarga qiynoqlar va shafqatsiz muomalalar haqidagi dahshatli xabarlar kelishda davom etmoqda, jinoyatchilarni javobgarlikka tortishda biroz oldinga siljish kuzatilmoqda.
10 000 tinch aholi halok bo‘lgan yoki yaralangan va 335 bola halok bo‘lgan. Ammo, hisobot mualliflarining taxminiga ko‘ra, qurbonlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
17 nafar jurnalistning o‘limi hujjatlashtirilgan.
Donesk va Lugansk aholisining rossiyaparast qurolli tuzilmalarga majburiy harbiy xizmatga chaqirilgani haqidagi iddaolar fevral oyi oxirida tasdiqlangan.
Hisobot mualliflari 28 ta mojaro bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik holatlarini tasdiqlagan, ularning aksariyati Rossiya nazoratidagi hududlarda sodir bo‘lgan.
Tinch aholining, jumladan, 8 million mamlakat ichkarisida ommaviy ko‘chirilishi ayollar, bolalar, qariyalar va nogironlarga nomutanosib salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aytiladi.
Hisobot 11 martalik kuzatuv, 517 ta suhbat va 3 ta tergov hibsxonalariga tashrifga asoslangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!