BMT Efiopiyadagi gumanitar missiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Nega?

BMT Efiopiyadagi gumanitar missiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Nega?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa gumanitar yordam guruhlari hamda tashkilotlari Efiopiyada, mintaqaviy Gambella shtatida ikki gumanitar xodimning o‘limidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

AQShning Efiopiyadagi insonparvarlik yordami bo‘yicha koordinatori Stiven Uom Omamo Efiopiya hukumatiga, AQSh va BMTning yordam operasiyalari mintaqada xavfsizlik yaxshilanmaguncha va gumanitar missiyalar uchun xavfsiz operasiyalarni kafolatlamaguncha to‘xtatilishini bildirgan. Bu haqda Efiopiyaning «Selamta» axborot agentligi xabar bermoqda.

Amerikaning «Ochlikka qarshi kurash» xayriya tashkiloti Gambellada navbatchilik qilish paytida uning ikki xodimi o‘ldirilganini ma’lum qildi. Ular Efiopiyaning g‘arbiy qismidagi Nguyeniyel qochqinlar lageri tomon ketayotgan edi. Jabrlanganlarning shaxsi ularning oilalari xabardor qilinmaguncha hozircha oshkor qilinmayapti.

Omamoning aytishicha, uning rahbariyati shtatda xavfsizlik choralarini favqulodda ta’minlash bo‘yicha Efiopiyaning mintaqaviy va federal hokimiyatlari bilan maslahatlashmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida Gambella va Efiopiyaning boshqa qismlarida etnik zo‘ravonliklar ko‘payib, mamlakat ichida qochqinlarning katta oqimi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!