BMT dunyoda qancha odamning fuqaroligi yo‘qligini aytdi

BMT dunyoda qancha odamning fuqaroligi yo‘qligini aytdi

Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar fuqaroligi yo‘q va hech yerda ro‘yxatdan o‘tmagan. Shuning uchun ularning aksariyati COVID-19ga qarshi emlanish imkoniga ega emas va milliy emlash dasturiga kiritilmagan, deb xabar berdi BMT yangiliklar markazi.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, 94 mamlakatda 4,2 million fuqaroligi bo‘lmagan odamlar bor. Markaziy Osiyoda minglab bunday odamlar, SSSR qulaganidan so‘ng, barcha yangi tashkil etilgan davlatlarning fuqaroligini tasdiqlay olmadilar yoki qabul qila olmadilar.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘plab mamlakatlarda fuqaroligi bo‘lmagan odamlarni emlash bo‘yicha aniq rejalar mavjud emas. Ikki mamlakat bunday odamlarni emlashni taqiqlagan. Ba’zi mamlakatlarda ular emlash uchun pulni o‘z cho‘ntagidan to‘lashi kerak va ayniqsa pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz paytida ko‘pchilik bunday imkoniyatga ega emas.

«Ko‘p hollarda, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun og‘ir bo‘lganiga qaramay, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun huquqiy maqomi yo‘qligi sababli test, emlash va ijtimoiy xizmatlar mavjud emas edi», - dedi BMT Qochqinlar bo‘yicha Komissarligi vakillari.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi hukumatlardan o‘z hududida yashovchi har bir kishini emlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga, shu jumladan pasport yoki haydovchilik guvohnomalari kabi an’anaviy hujjatlardan tashqari identifikasiyalashning muqobil shakllarini qabul qilishga chorlaydi.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi shuningdek, pandemiya sababli bir qator mamlakatlarda tug‘ilish to‘g‘risida guvohnomalar berish to‘xtatilganligi va natijada dunyoda ko‘plab fuqaroligi bo‘lmagan odamlarning paydo bo‘lishidan xavotirda.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi mutaxassislari maqomlaridan qat’i nazar, universal emlash strategiyasini qabul qilgan mamlakatlarga e’tibor qaratdilar. Ular qatoriga Ispaniya, Portugaliya, Turkmaniston, Livan, Quvayt va Iordaniya kiradi.

Buyuk Britaniya rasmiylari barcha noqonuniy migrantlar, shu jumladan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham emlanishlari mumkinligi va sog‘liqni saqlash xodimlari o‘zlarining ma’lumotlarini huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirmasligini ta’kidladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!