Bloomberg: Ukraina AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi

Bloomberg: Ukraina AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi

Ukraina AQShdagi prezidentlik saylovi oldidan ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi.

Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, Kiyev noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan saylov oldidan Ukrainada tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish uchun Rossiya ishtirokida ikkinchi uchrashuv o‘tkazmoqchi.

"Iyun oyi o‘rtalarida Shveysariyada bo‘lib o‘tgan birinchi tinchlik sammitida 90 dan ortiq davlat vakillarini ishtirok etgan edi. Ushbu sammitga Rossiya taklif etilmadi, bir qancha davlatlar quyi darajadagi amaldorlardan iborat delegasiyalar yubordi. Kiyevning “Global Janub”ning asosiy mamlakatlarining e’tiborini jalb qilishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki ularning ba’zilari sammitning yakuniy bayonotini imzolashdan bosh tortdi", deb yozadi Bloomberg.

Bu mamlakatlarning ko‘pchiligi, shuningdek, Shveysariyadagi sammitda ishtirok etmagan Pekin uzoq vaqtdan beri tinchlik muzokaralarida Moskva ishtirok etishi kerakligini ta’kidlab keladi. Bundan tashqari, Xitoy Braziliya bilan birgalikda Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surmoqda.

Amerikalik ba’zi rasmiylar esa Rossiya ishtirokidagi tinchlik sammit o‘tkazilishiga shubha qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!