“Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz tasodifiy tanlov emas”

“Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz tasodifiy tanlov emas”

Shavkat Mirziyoyev maqolasi Xitoyning China Daily nashrida chop etildi. Unda prezident SHHT haqida to‘xtalgan.

Shanxay hamkorlik tashkilotning 2025 yildagi sammiti arafasida Xitoyning China Daily nashrida Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va SHHT: umumiy tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” nomli maqolasi e’lon qilindi. Unda davlat rahbari O‘zbekistonning ushbu tashkilotdagi ishtiroki tasodifiy tanlov bo‘lmaganini bildirdi.

“SHHT — O‘zbekiston uchun nafaqat tashqi siyosiy maydon, balki milliy manfaatlarni amalga oshirish instrumentidir. Bizning tashkilot faoliyatidagi ishtirokimiz — tasodifiy tanlov emas, bu – strategik jihatdan puxta o‘ylangan, mamlakatimizning xavfsizligini, iqtisodiy o‘sishi va barqaror taraqqiyotini ta’minlaydigan qarordir”, deyiladi prezident maqolasida.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, shu munosabat bilan O‘zbekiston Shanxay tashkilotining kelajagini iqtisodiy integrasiyani mustahkamlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, «yashil» tashabbuslarni ilgari surish, raqamli transformasiya, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ko‘pqirrali va samarali platforma sifatida ko‘radi.

Prezidentning ta’kidlashicha, SHHT tashkil etilgan davrdan boshlab o‘zaro ishonch, o‘zaro foyda, turli sivilizasiyalarga hurmat va birgalikdagi taraqqiyotga intilishga asoslangan “Shanxay ruhi”ni qaror toptirdi va izchil oldinga siljitmoqda. Tashkilot, pul tikmasdan o‘ynash va sivilizasiyalar to‘qnashuviga xos fikrlash tarzini yengib o‘tib, “eskirgan sovuq urush” konsepsiyasidan to‘liq voz kechdi.

SHHT qo‘shilmaslik, qarama-qarshilikka bormaslik va uchinchi tarafga qarshi harakat qilmaslik g‘oyalarini faol ilgari surmoqda va hayotga joriy etmoqda. Ushbu birlashma katta-kichik davlatlarning to‘laqonli tengligi, konstruktiv maslahatlashuvlar orqali murosaga erishish, shuningdek, muloqot va hamkorlik yo‘li bilan tinchlikka ko‘maklashish tarafdori bo‘lib maydonga chiqmoqda. Tashkilotning joziba kuchi va qudrati aynan shunda mujassamdir.

SHHT, o‘zaro uyg‘unlikda, birgalikda yashash va o‘zaro foydali hamkorlik g‘oyalarining yashashga qodir ekanini namoyon etgan holda, turli siyosiy tizimga, tarixiy-madaniy an’analar va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan davlatlarni muvaffaqiyatli ravishda birlashtirib kelayotgani ko‘ptomonlama hamkorlik imkoniyatlari ortib borayotganining dalilidir.

Bugungi kunda SHHTning “katta oilasi” 10 ta a’zo davlatni, 2 ta kuzatuvchi va 14 ta muloqot bo‘yicha sherik mamlakatni birlashtiradi, Osiyo, Yevropa va Afrikadagi bepoyon makonni qamrab oladi. SHHTga a’zo mamlakatlarning umumiy hududi Yevrosiyo makonining 60 foizdan ham ko‘pini, aholisi esa sayyoramizning taxminan 42 foiz aholisini tashkil etadi. Tashkilotga a’zo davlatlarning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi qariyb 25 foizdan iboratdir. BMT Xavfsizlik kengashining ikkita doimiy a’zosi va “Yigirmatalik guruhi”ga kiradigan 5 ta mamlakat – Hindiston, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, shuningdek, BRIKS birlashmasining 5 ta a’zosi – Hindiston, Eron, Xitoy, BAA va Rossiya SHHT «oilasi»da faoliyat ko‘rsatmoqda.

“Shu tariqa SHHTning zamonaviy qiyofasi nafaqat uning Yevrosiyo makonidagi keng geografiyasini, balki unga a’zo davlatlarning ko‘pqutbli yangi dunyoni shakllantirishdagi roli tobora ortib borayotgan global jarayonlar bilan o‘zaro kuchli bog‘liqligini ham ko‘zgudek aks ettiradi. Tashkilot faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yillar davomida xavfsizlikdan boshlab iqtisodiyot, madaniyat va barqaror taraqqiyotgacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi yo‘nalishlarni qamrab oladigan 60 dan ortiq xalqaro shartnomalar va 40 dan ziyod ishchi mexanizmlarni o‘zida mujassam etgan mustahkam institusional asosga ega bo‘lgani – uning o‘sib borayotgan hamkorlik salohiyatining yana bir muhim omiliga aylandi”, deyiladi maqolada.

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, SHHT doimo harakatda, uning tadrijiy rivojlanish salohiyati bitmas-tuganmasdir. Konseptual dastur va strategiyalar, shuningdek, SHHT doirasidagi tarmoqlar bo‘yicha hamkorlikning yangi mexanizm va shakllari savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, sanoat kooperasiyasi va texnologik jihatdan bir-birini to‘ldirish, mamlakatlarimizning «yashil» va raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishga katta hissa qo‘shmoqda. Xalq diplomatiyasi, madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almashuvlar, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik g‘oyalarini faol ilgari surish orqali “Shanxay ruhi”ni ifoda etishga yo‘naltirilgan noyob gumanitar loyihalar tufayli Tashkilotimiz ich-ichidan yanada jips va kuchli bo‘lib bormoqda.

“Bizning bosh maqsadimiz – xalqaro vaziyatni keskinlashtirish emas, balki tinchlikka asoslangan kun tartibini namoyon etish, umuminsoniy muammolarni hal etish uchun SHHT imkoniyatlaridan foydalanishdan iborat”, dedi O‘zbekiston prezidenti.

Maqolada davlat rahbari SHHT mexanizmlarini isloh qilish, hamda barcha davlatlar manfaatlari va zamonaviy chaqiriqlarni inobatga olgan holda uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish taklifini ham ilgari surdi. Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning maqsadi — mintaqaviy jarayonlarda ishtirok etish bilangina cheklanmay, balki o‘zaro ishonch va manfaat asosida umumiy kelajakni faol qurishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.