Biz qashshoqlikni ikki barobar kamaytirishga erishdik — Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida bo‘lib o‘tgan "Valday" xalqaro munozara klubining yalpi majlisida o‘z ishining asosiy samarasi mamlakatda qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda TASS yozmoqda.
"Biz nimaga erishdik. Bizda 40 million odamning holati qashshoqlik chegarasidan past edi, bugungi kunda ham ular ko‘p, ammo 40 million emas, ko‘pi bilan 20 million nafar. Bu, ehtimol, eng muhim natijadir", - ta’kidladi davlat rahbari.
Shuningdek, u Rossiyada "sanoatning ayrim tarmoqlarini, shu jumladan mudofaa sanoati"ni tiklash imkoni borligini ta’kidladi, ular 90-yillarning oxirida deyarli o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Shuningdek, mamlakat yutuqlari qatorida Vladimir Putin 90-yillarda boshlangan murakkab bosqichni, jumladan, terrorizm xavfini yengib o‘tganini ham aytdi.
“Ha, biz mamlakat hayotidagi, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashdagi bu murakkab bosqichni yengib o‘tdik. Mening harakatim tufayli emas, balki rus xalqining sabr-toqati, jasorati va irodasi tufayli”, - dedi Putin.