Bitkoinni pul desa bo‘ladimi?

A A A
Bitkoinni pul desa bo‘ladimi?

Mendan bitkoin haqida ko‘pchilik so‘ragani uchun, u haqda yozishga qaror qildim.

Bitkoin haqida biror narsa aytsangiz, ba’zilarda bo‘ladigan e’tiroz quyidagicha:

“Siz blokcheynni bilasizmi? “Mayning” qanday bo‘ladi, tushunasizmi? Qanday qilib bilmay hukm aytasiz?”

Bunday e’tirozli savollarning paydo bo‘lishi esa, aslida o‘sha odamning shariatni tushunmasligidan bo‘ladi. Shuni inobatga olib, men bitkoin haqidagi mulohazalar asoslarini iloji boricha sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilaman. Yuqoridagi e’tirozlar xato ekanini ham bayon qilaman. Agar diqqat bilan o‘qib chiqsangiz, inshaalloh, o‘zingizni qoniqtirgan javobni topasiz. Marhamat:

Shariatda moliyaviy – pul bilan bog‘liq muomalalar ikki turga bo‘linadi:

1. Evazli (معاوضة)
2. Evazsiz.

Evazsiz muomalalarga hadya, vasiyat va shu kabilar kiradi. Siz birovga hadya bersangiz,  u evaziga sizga hech narsa bermaydi. Demak, bu muomala evazsiz muomala deyiladi. 

Evazli bitimlar esa savdo, ijara, muzoraba va boshqalardir. 
Masalan, ijaraga uy olsangiz, siz ijara haqini berasiz, ikkinchi tomon uning evaziga uydan foydalanish haqqini beradi. Ikki tomondan evaz borligi uchun bunday bitim shariatda  عقد المعاوضة deyiladi – ya’ni ikki tomondan evaz bo‘lgan bitim. Buni o‘zbek tilida sodda qilib evazli bitim desa ham bo‘ladi.

Evazli bitimlarda evaz – almashinayotgan narsa yo o‘zida manfaat bor narsa bo‘ladi, yo o‘zida manfaati bo‘lmay, boshqa bir manfaatli narsa uchun vosita bo‘ladi.
O‘zida manfaat bor narsa – masalan, go‘sht, kiyim, telefon, non, uydan foydalanish haqqi va boshqalar. Bularni yesa, kiysa – xullas foydalansa bo‘ladi.
Endi ikkinchi toifa narsalar o‘zida manfaat bo‘lmagan, boshqa narsa uchun vosita bo‘lgan narsalar. Bular “pul” deyiladi. Qadimda pullar tilla, kumush yoki temirdan bo‘lgan. Keyinroq teridan ham pullar qilishgan. Hozir odatda qog‘ozdan bo‘ladi. Bularni yeb yoki kiyib bo‘lmaydi. Pulning asosiy vazifasi boshqa manfaatli narsalarni olish uchun vosita ekanidir. 

Shunday qilib, biz shariatda pul nima ekanini tushunib oldik. Endi savol:  Qadimda pullar tilla, kumush bo‘lgan, endi qog‘oz pullar ishlatiladi. Biror narsa pul deb topilishi uchun qanday shartlar bor? 

Javob:

Biror narsa pul deb topilishi uchun muayyan jamiyatda o‘sha narsa manfaatli narsalarga vosita o‘laroq barcha yoki mutlaq ko‘pchilik tomonidan qabul qilinishi kifoya. 
Masalan, 200 kishi bir tayyorada (samolyotda) Amerikaga uchib ketayotgandi, yo‘lda tayyora qulab, ular inson qadami yetmagan bir orolga kelib qoldilar. U orolda ularni birov qutqarguncha jon saqlamoqchilar. Oradan oylar o‘tib birlari baliq ovlab, boshqalari meva terib, yana birlari kiyim tikib, boshqa narsalarga almashtirmoqchilar. Agar baliqni mevaga pulsiz almashtirsalar, bu ham joiz, bu bizning tilda barter, shariatda muqoyaza deyiladi. 
Biroq agar o‘zaro bitimlar murakkablashib, tovarlar va xizmatlar ko‘paygan sari ular pulga ehtiyoj sezsalar, o‘zaro ittifoq qilib, teridan yoki maxsus toshlardan pul yasab olsalar bo‘ladi. Agar shu pulni barchalari yoki ko‘plari qabul qilsa, o‘sha tosh yoki temir shariatda pul hukmida bo‘ladi. Unga riboga oid qoidalar, zakot va boshqalar hukmi beriladi… 

Endi asosiy masalaga qaytsak, xo‘sh, bitkoin mana shunday pul hisoblanishi mumkinmi? 

Bunga javob berishdan oldin, yana bir muhim tushuncha bilan tanishib chiqishimiz kerak. Bu – moliyaviy pufak tushunchasi. Uni ingliz tilida financial bubble yoki economic bubble deydilar. O‘zbek tilida moliyaviy pufak, iqtisodiy ko‘pik yoki pufak deydilar, menimcha, pufak so‘zi murodga yaqinroq bo‘lsa kerak.

Moliyaviy pufak qanday bo‘ladi? Masalan, Akmalboy ismli bir kishi oddiy temirdan qandaydir bir jetonlar yasaydi, masalan, 10 000 dona jeton. Har bir jetonni muayyan raqamlar bilan ramzlab – kodlab chiqadi. 

Keyin aytadiki, kim mendan shu jetonni sotib olsa, undan ertaga boshqalar 10% ko‘proqqa sotib olishadi. Boshlang‘ich narxni masalan, 100$ deb belgilaydi. Juda qattiq reklama qiladi. Boshida o‘zining odamlari sotib olib, boshqa o‘zining odamlariga sotib, boyib ketadi.

Buni ko‘rgan oddiy xalq ham tez orada undan jetonlar sotib ola boshlaydilar. Boshqalar ulardan sotib oladi. Oqibatda birinchi olganlar katta daromad ko‘radilar. Ularning yangi mashinalari va birdan boyib ketganlari boshqalarni ham Akmalboyning jetonlarini olishga undaydi. Tabiiyki, jetonning narxi har safar yangi odam olganda oshib boraveradi. Boshida 100$ bo‘lgan jeton, qo‘lma qo‘l bo‘lib 10 000 – 20 000 dollarga yetishi oddiy hol. Biroq bir qoida borki, qachondir jetonning narxi bir nuqtaga yetgach, boshqa hech kim uni olmay qo‘yadi. 10 000 bo‘lsin, 100 000 bo‘lsin, bir kun kelib, uni olishdan to‘xtaydilar. Shuning uchun uni pufak deydilar. Zero, pufakni puflayversangiz, kattalashaveradi. Biroq aniq bilasizki, bir nuqtada albatta portlaydi.

Shu sabab, oxirida xarid qilganlarning barchalari kasodga uchrab, pullarini yo‘qotadilar. Ularning pullari qayoqqa ketdi? Tabiiyki, Akmalboy va undan dastlab xarid qilganlarga!   
Bu misolda jetonni yeb, kiyib bo‘lmaydi. Biroq u jetonni hali kasod bo‘lishidan oldin birovga olib borib, men sizdan kiyim yoki go‘sht olmoqchiman, biroq yonimda pulim yo‘q, shunday jetonim bor, desangiz, u odam jetonni qabul qilib, sizga kiyim (yoki har qanday tovar) berishi mumkin. Demak, jeton boshqa manfaatli narsa uchun vosita bo‘lyapti. 

Xo‘sh, shu jetonni pul desa bo‘ladimi?

Oroldagi odamlarning toshdan yoki teridan yasab olgan pullari bilan mana shu jetonning farqi bormi? 

Ulamolar aytadilarki, albatta farqi bor. Farqlar quyidagi nuqtalarda:

  1. Teri pulni orolda boshqa narsalarga vosita qilish uchun oladilar. Uni olishdan birlamchi maqsad uning tushishi va ko‘tarilishidan foydalanish – spekulyasiya bo‘lmaydi. Jetonni olishdan maqsad esa faqat uning narxi oshishidan foydalanish. 
  2. Oroldagilarning teri pulini odamlar uning narxi oshishi yoki tushishidan qat’i nazar olib, sotib, foydalanaveradilar. Agar uning qadri oshmay, shunday to‘xtab turadi, desalar ham, olaveradilar. Akmalboyning jetonlarini esa odatda faqatgina oshishi uchun oladilar. Oshmasligi aniq bo‘lsa, uni olib o‘tirmaydilar. 

Shu va boshqa asoslarga ko‘ra oroldagilarning teri puli pul deyiladi va u bilan muomala qilish hech qanday ixtilofsiz joiz. Akmalboyning jetoni esa qimor deyiladi va undan daromad qilish - harom.

Men jetonni misol qildim, toki pulga va bitkoinga o‘xshash nuqtalari yaxshiroq ko‘rinsin dedim. Aslida pufak manfaat uchun vosita emas, aslida manfaat bor narsa bo‘lishi ham mumkin. 
Masalan, 2000 – yillar oxirida ro‘y bergan jahon inqiroziga Amerika, Dubay va boshqa joylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq moliyaviy pufaklar sabab bo‘lgan. Men buning bir qismini Dubayda ko‘rganman. Bir joyga uy quriladi (yoki aksar hollarda hali qurilmagan ham bo‘ladi) va sizga shu uyni oling, ertaga narxi albatta oshadi, sotib yuborasiz, foyda qilasiz deyishadi. Siz uyni, masalan, 500 000$ ga olasiz. Tabiiyki, kredit olib, qarzga olasiz. Bir haftada yangi mijoz u uyni sizdan 600 000$ ga sotib oladi. U ham bankdan qarz olgan. U ham sizdek sotib yuborish uchun olyapti, u uyda yashash uchun emas. Keyin undan boshqasi 1000 000$ ga xarid qiladi. Qarabsizki, uyning narxi bir necha baravarga oshib ketaveradi. So‘nggida esa pufak portlaydi – narx juda katta miqdorga yetgach, hech kim olmay qo‘yadi! Shunda oxirgi olgan va undan oldingi va undan oldingi – birma – bir kasodga uchraydilar. Banklar ham kasod bo‘ladi va hokazo. Islomda bunday ishlar qimor deyiladi va Alloh taolo qimorni harom qilgan! Alloh taolo deydi:
"Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz" (Moida, 90).
Endi asosiy savol: bitkoin Akmalboyning jetoniga yaqinroqmi yoki oroldagilarning teri puligami?!

Aksar kibor ulamolar bu masalada yo sukut qilib, o‘rganishda davom etmoqdalar yo bitkoin Akmalboy jetonidek harom demoqdalar. Jumladan, buyuk faqih va muhaddis, asrimizda moliyaviy munosabatlar fiqhidan dunyoda eng kuchli mutaxassislardan deb tan olingan alloma shayx muftiy Taqi Usmoniy hazratlari bitkoin bilan daromad qilishni harom degan.

Halol deganlar orasida men kibor ulamolardan birortasini ko‘rmadim. 

Sababi, birinchidan, bitkoinni aksar odamlar va tashkilotlar pul deb qabul qilmayapti. Uni cryptocurrency - kripto-pul iborasi bilan currency (pul ) deb "laqablashlari" mumkin. Biroq shariatda bir qoida bor:
العبرة بالمعاني لا بالمباني.

"So‘zlar emas, ma’nolarga e’tibor qaratiladi."

Uni kripto-pul desalar ham, puldek muomala qilmasalar, u pul hisoblanmaydi. Pul – narxlarni va zararlarni belgilash me’yori bo‘ladi. 

Narxlarni pul bilan belgilaysiz: telefoningiz necha pul desam, 100 dollar, deysiz. 100 qop kartoshka yoki 3 ta kiyim demaysiz. Shunga ko‘ra, dollar - pul. Kartoshka va kiyim - pul emas.
 
Zararlar ham shunday. "Falonchi mashinamni urib, menga 1200 dollar zarar keltirdi", deysiz, "3 tonna ko‘mir yoki 576 ta ko‘ylak zarar keltirdi", demaysiz. 
Bitkoin ham shunday. Birov sizga zarar keltirsa, "menga 2 ta bitkoin zarar keltirdi", demaysiz. "Uyimning narxi 3 ta bitkoin", demaysiz. Agar bitkoinda aytmoqchi bo‘lsangiz, oldin o‘sha kuni bitkoin dollarda (!) qancha ekanini tekshirib olib, keyin aytasiz. Shunga ko‘ra, dollar  - pul, bitkoin –  qimor vositasi bo‘ladi. 
Endi yuqoridagi e’tirozga kelsak. Siz bitkoinning hukmini bilish uchun mayning,  blokcheyn kabi narsalarni bilishingiz kerakmi? 
Masalan, Akmalboy jetoniga fosfor moddasi va qandaydir mikrochip va Chuachua deb nomlagan noyob qalampir qo‘shib tayyorladi. Agar siz Akmalboyga  “Ey Akmal, sening ishing qimor va harom” -  desangiz, Akmalboy sizga aytadi:
–  Chuachua nima? Jetonga qancha fosfor qo‘shganman? Fosforning asli qanday paydo bo‘ladi? Jetonning tarkibida qancha chuachua bor? Bularni bilmasang, qanday qilib harom deyapsan?!
Siz agar oqil odam bo‘lsangiz, aytasizki:
– Men chuachuani bilmayman, lekin sening jetoning qimor vositasi ekanini bilaman! Zero, evazlar yo o‘z aslida manfaati bor yo manfaatga vosita bo‘ladi. Jetoning aslida manfaat yo‘q, demak, sen uni vosita deb da’vo qilyapsan. Vositalar esa: 

  1. Narxlarni belgilaydi. 
  2. Zararlar qiymatini belgilaydi. 
  3. Barcha yoki aksar odamlar tomonidan qabul qilingan bo‘ladi. 

Sening jetoningda bu uch sifat yo‘q. Qolaversa, eng muhimi, hatto o‘zida manfaati bor narsalar – masalan, Dubaydagi uylar misolida ham uni moliyaviy pufakka aylantirib, pul topish qimor bo‘ladi. Sening jetoning esa pufak ekani ko‘rinib turibdi.  Shuning uchun chuachua va fosfor nima bo‘lishidan qat’i nazar, sening jetoning - harom!

Masalan, bir Sanjar ismli odam bitkoin 5000 dollar bo‘lganida 10 ta bitkoinni 50 000$ ga oldi. Keyin bitkoinning bittasi 50 000$ ga chiqdi. Shunda u 10 ta bitkoinni 10 ta odamga 500 000$ ga sotib, 450 000$ daromad qildi. Uning 450 000 dollar puli unga qayerdan keldi? 
Undan 10 ta bitkoinni xarid qilgan 10 kishining cho‘ntaklaridan. Endi bitkoin narxi boshqa oshmadi, balki tushib ketdi. Shunga u 10 kishi arzonga sotib, zarar ko‘rdi. 
Bu degani Sanjar ularning haqlarini hech qanday evazsiz yedi. Go‘yoki qimorda ularni yutib oldi.

Endi oxirgi masala, Bitkoin yoki umuman kripto-pullar qachondir oddiy pul hukmida bo‘lishi mumkinmi?

Javob:

Yuqoridagi orol ahli misolidan ko‘rdingizki, har qanday narsa odamlar uni vosita o‘laroq qabul qilishlari natijasida pul deb topilishi mumkin. Shunday ekan, kripto-pullar ham qachondir oddiy pul hukmida bo‘lishi mumkin. Biroq ayni paytda voqe’lik, ayniqsa bitkoinning hozirgi holati bunga mutlaqo yaqin ham emas. Balki, hozircha kripto-pullar qimor vositasi bo‘lib qolmoqda. 
Ummatning eng yirik ulamolari yo sukut qilayotganlari, yoki harom deb fatvo berganlarining o‘zi bu ishlardan to‘xtash va aslo yaqinlashmaslik uchun kifoya qiladi. 
Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek:

“Halol narsalar albatta aniq, harom narsalar albatta aniq, ikkisining o‘rtasida ko‘plab shubhali narsalar bor, uni(ng hukmini) ko‘pchilik bilmaydi. Kim shu narsalarga qo‘l ursa, haromga qo‘l uribdi.”

Hadisda shubhali narsalar haromdek ekani aytilyapti, endi shayx Taqi Usmoniydek kibor ulamolar haromligi aniq degan narsaga qo‘l urish qanchalik xato ekanini taammul qilib ko‘ravering. Bir kunlik dunyoda pul topishning oson yo‘llarini qidirib, abadiy hayotini barbod qilib oladigan badbaxt kimsalardan bo‘lib qolishimizdan Alloh taoloning O‘zi asrasin!

Mahmud Usmon


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Hindistonda ikki farzandi bilan birga yashagan rossiyalik ayol g‘orda topildi

40 ёшли аёлнинг визаси 2017 йилда тугаган.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмасини муддатидан олдин қўлга киритганидан хабарингиз бор.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Проф бокснинг иккинчи энг енгил вазн тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ навбатдаги жангини тасдиқлади.

"Germaniyaning birlashishiga darhol rozi bo‘lib Gorbachev xato qilgan..."

Унинг фикрига кўра, Горбачев бунга дарҳол, ҳеч қандай шартларсиз рози бўлганида Германия концлери Гельмут Коль ҳатто ўз қулоғига ишонмаган

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Chelsi" futbolchisining yuziga tarsaki tushirdi

"ПСЖ" бош мураббийи Луис Энрике тажовузкор хатти-ҳаракатлари учун жиддий жазоланиши мумкин.

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Россия иккиламчи бозорида Ўзбекистонда йиғилган Chevrolet Cobalt (ушбу модел Ravon R4 номи остида сотилмоқда) машинасининг ишончлисини топиш мумкин, деди «За Рулём» журналининг автоэксперти Сергей Зиновьев.

"Oltin to‘p" uchun nomzodlar reytinggi yangilandi

Goal портали талқинига кўра, Усмон Дембеле "Олтин тўп"га асосий даъвогар бўлиб қолмоқда.

Yamalning tug‘ilgan kuni "burnidan buloq" bo‘ldi

Ямал 13 июль куни 18 ёшга тўлди

Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigini o‘ldirganlar Ozarbayjon fuqarolari bo‘lib chiqdi

10 июль куни Киевда Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) полковниги Иван Воронични ўлдирган ва 13 июлда йўқ қилинган қотиллар ҳақида янги тафсилотларни маълум қилинди.

Toshkentda kiberjinoyatchilar guruhi bank kartalaridan 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Аниқланишича, фирибгарлар вирус юқтирилган қурилмаларидаги SMS-тасдиқлаш кодларини кузатиб бориш имконини берувчи ёпиқ Telegram гуруҳ яратган.

Diqqat! Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika va pensiya jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlarining qilmishlari fosh etildi

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 58 000 nafardan oshib ketdi

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилган.

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Suriyaning Es-Suveyda viloyatida druz va beduin guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv: 30 kishi halok bo‘ldi, 100 nafar yaralangan

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India aviahalokati: yoqilg‘i uzatilishi o‘chirilgani tasdiqlandi, 260 kishi halok bo‘lgan

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.

Rossiya: jazirama ob-havo tufayli Stavropol o‘lkasida elektr energiyasi navbatma-navbat o‘chirilmoqda

У ерда ҳаво ҳарорати +42°C даражагача кўтарилган.

Britaniyaning Esseks grafligidagi Sautend aeroportida kichik o‘lchamli samolyot qulab tushdi

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Gruziyada savdo markazi portlash xavfi sabab evakuasiya qilindi

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda yong‘in chiqdi

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Isroillik mustamlakachilar yana «Al-Aqso» masjidiga reyd uyushtirishdi

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Isroil hujumi oqibatida falastinlik o‘smir falaj bo‘ldi va hayoti uchun kurashmoqda

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

AQSh endi Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. Nega?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Farg‘onada Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.

G‘azo sektorida kamida 650 000 nafar bola ocharchilik xavfi ostida qolmoqda

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали хабар берди.

Tramp: Ukrainaga qurol yetkazib berish NATO orqali amalga oshiriladi

Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.

Рафаҳда инсонпарварлик ёрдамини кутган фаластинликларга қилинган ҳужумда 10 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Ғазодаги тиббий манбалар маълум қилмоқда.

Самарқандда 16 ёшли қиз операция пайти вафот этди

Ҳозирда ҳолат юзасидан суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Исроил бир кечада Ғазода 97 нафар фаластинликни ўлдирди

Бу ҳақда Al Masirah телеканали маълум қилди.

Трамп Путинни Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини айтди

АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.

БМТ: Ғазода 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан буён овқатсиз қолган

БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.

Қозоғистонда 1 миллионга яқин сайғоқни отишга қарор қилишди

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

Россия транспорт вазирининг ўз жонига қасд қилиши қурилишдаги коррупция билан боғлиқ — ОАВ

Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?

Ғазода Исроил ҳужумлари оқибатида 15 нафар фаластинлик ҳалок бўлди

Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.

2023 йил 7 октябридан буён Ғазо ва Ғарбий соҳилда 17 мингдан ортиқ фаластинилик ўқувчи ҳалок бўлди — Фаластин таълим вазирлиги

Фаластин Миллий маориф ва олий таълим вазирлигининг маълумотига кўра, 2023 йил 7 октябридан буён — Исроилнинг Ғазо секторига қарши ҳарбий амалиётлари бошланганидан бери — Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда 17 315 нафар ўқувчи ҳалок бўлган, яна 27 191 нафар ўқувчи яраланган.

NYT: Техасдаги сув тошқини қурбонлари сони 104 нафарга етди

Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.

Бугун лавозимидан озод қилинган Россия транспорт вазири Роман Старовойт вафот этди

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.

Исроилнинг Ғазога ҳаво ҳужумлари оқибатида 10 фаластинлик ҳалок бўлди, улар орасида чақалоқ ҳам бор

Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.

Қорасарой кўчасида контейнер ёниб кетди

Айтилган манзилда ёнғин навбатчиликда турган ёнғин қутқарув экипажлари томонидан зудлик билан соат 11:32 да ўчирилди.

Россиянинг Украинага навбатдаги зарбалари камида уч кишининг ҳаётига зомин бўлди

Украина расмийлари маълумотларига кўра, Одессада дрон зарбаси оқибатида янги қурилган бинодаги қўриқчи ҳалок бўлган

Исроил ҳарбийлари Яманга зарба берди

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац ҳусийларга қарашли портлар ва электр станциясига ҳарбий-ҳаво кучлари томонидан ҳужум қилинганини тасдиқлади

Эронда Исроил разведкаси билан алоқадор агент қўлга олинди

Бу ҳақда FARS агентлиги Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (IRGC) матбуот хизматининг маълумотига таяниб хабар берди.

Ғазода ўт очишни тўхтатиш бўйича музокараларнинг биринчи босқичи самарасиз тугади

Бу ҳақда Sky News Arabia телеканали "Report" хабарига таянган ҳолда маълум қилди.

Таиландда пушти темиратки касаллиги тарқалмоқда

Қайд этилишича, ушбу касаллик кўпинча болалар ва ёшларда кузатилади — бу танада «она» деб аталадиган катта доғнинг пайдо бўлиши билан бошланади

Масжид қурилиши баҳонасида одамлардан пул олганлар ушланди

Кўрилган чора-тадбирлар натижасида ушбу фуқароларнинг шахси аниқланган

Покистонда кўп қаватли бино қулаб тушди, қурбонлар бор

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.