“Bir kunlik to‘y” komediyasining maxsus namoyishi o‘tkaziladi

“Bir kunlik to‘y” komediyasining maxsus namoyishi o‘tkaziladi

Ertaga 14 oktyabr kuni soat 19:00 da Yoshlar ijod saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to‘y" kinokomediyasining OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo‘lib o‘tadi

Kinokartinada asosan qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayotiy voqealari ko‘rsatiladi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid qiziqarli hodisalar aks ettirilgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev, muharrir Furqat Usmonov.

Aktyorlar Baxtiyor Turg‘unov, Xayrulla Sa’diyev, Matyoqub Matchonov, Muhabbat Abdullayeva, Asal Abdullayeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov boshqalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!