Bill va Melinda Geytslar ajrim uchun ariza berdi

Bill va Melinda Geytslar ajrim uchun ariza berdi

Jahonning eng boy juftliklaridan biri, Bill va Melinda Geyts shu kungacha dunyodagi eng yirik xususiy xayriya jamg‘armalaridan birining asoschilaridan biri hisoblanar edi. Endi esa ularning baxtiga ko‘z tekkan ko‘rinadi. Dushanba kuni 27 yillik nikohdan keyin juftlik ajrashish uchun ariza berishga qaror qildi. Ammo ular ajrimdan keyin ham birga tashkilot ishlarida hamkorlik qilishlarini davom ettirishadi.

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi so‘nggi yigirma yil ichida qashshoqlik va kasalliklarga qarshi kurashga 50 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan edi.

Geyts bezgak va poliomiyelitni, bolalar ochligini bartaraf etish va emlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng e’tirof etilgan dasturlarni qo‘llab-quvvatladi. Jamg‘arma o‘tgan yili “COVID-19” ga qarshi kurashish uchun $1,75 milliard ajratdi.

Juftlik ajrashish to‘g‘risidagi qaror qat’iy ekanini, ammo mol-mulk masalasi o‘zaro hal qilinganini ma’lum qildi.

"Microsoft" korporasiyasining asoschisi 65 yoshli Bill Geyts va rafiqasi 56 yoshli Melinda French Geyts 1994 yilda turmush qurgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!