Bill Geyts: Iqlim o‘zgarishi to‘yib ovqatlanmayotgan bolalar salomatligi inqirozini yanada kuchaytiradi

Bill Geyts: Iqlim o‘zgarishi to‘yib ovqatlanmayotgan bolalar salomatligi inqirozini yanada kuchaytiradi

Noto‘g‘ri ovqatlanish dunyo bolalari salomatligi bilan bog‘liq eng jiddiy muammo sifatida iqlim o‘zgarishi oqibatini yanada yomonlashtiradi, deydi “Microsoft” asoschisi Bill Geyts.

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi o‘tgan hafta e’lon qilgan hisobotda 2050 yilgacha bo‘lgan davrda iqlim o‘zgarishi natijasida to‘yib ovqatlanmaslikning favqulodda shakli asorati namoyon bo‘ladi. Ya’ni, 40 million bola bo‘y o‘sishida kechikishni boshdan kechiradi, 28 million o‘g‘il-qiz isrofgarchilikdan aziyat chekadi.

– Agar to‘g‘ri ovqatlanishga, homila bachadonda yetilishidan boshlab, chaqaloq tug‘ilgandan keyingi dastlabki yillarda amal qilinmasa, yuzaga keladigan qator nuqsonlarni bartarf qilish qiyin kechadi, – deydi Geyts bolaning jismoniy va ruhiy holatiga ishora qilib. – Yaxshi ovqatlanmaslik qobiliyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. To‘g‘ri iste’molga rioya qilmagan bolalar qizamiq, bezgak kabi kasalliklarga, barvaqt o‘limga ko‘proq moyildir. Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining qariyb 90 foizi oziq-ovqat tizimi buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Yanvar oyida Geyts jamg‘armasi bu yil global sog‘liqni saqlashga har qachongidan ko‘proq – 6,8 milliard dollar sarflashi rejalashtirilayotgani aytildi. So‘nggi payt keng ko‘lamli moliyalashtirish harakati to‘xtab qolgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, 2023 yil 148 million bolada bo‘y o‘sishi sekinlashgan, 45 million o‘g‘il-qizning vazni me’yordan ancha kamligi kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!