Bilasizmi? Endi sudga elektron tarzda murojaat qilishingiz mumkin

Bilasizmi? Endi sudga elektron tarzda murojaat qilishingiz mumkin

Fuqarolik sudlarida ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi. 

Ariza sudga kelib tushganidan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etadi.

Sudya arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.

Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
 
Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.

Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan ko‘riladi va hal qilinadi. 

Bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!