Bilarmidingiz? Mirzo Ulug‘bekka tegishli nefrit piyola Britaniya muzeyida ekan...

A A A
Bilarmidingiz? Mirzo Ulug‘bekka tegishli nefrit piyola Britaniya muzeyida ekan...

Jahon ilm fani taraqqiyotiga yuksak hissa qo‘shgan Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekning nomi har birimiz uchun aziz. Uning Movarounnahrdagi beqiyos bunyodkorlik ishlari haqida har birimiz ko‘p bora o‘qiganmiz. U haqda qator badiiy asarlar, filmlar yaratilgan.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: bizgacha buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekka bevosita tegishli bo‘lgan, ul zot shaxsan foydalangan biror buyum yetib kelganmi? Mirzo Ulug‘bekning qo‘llari bilan bitilgan qo‘lyozmalar mavjudmi? Buyuk shoh va olim o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan nimalarni biz ham ko‘ra olamiz?

Albatta, Mirzo Ulug‘bek sizu bizdek mana shu aziz va mukarram makonda voyaga yetgan. Vatanining har qarich tuprog‘ini sevgan, ko‘ziga to‘tiyo qilgan. Bugun ul zot tomonidan qurilgan madrasalar Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon shaharlarida hamon savlat to‘kib turibdi. Bugun Samarqandga kiraverishda, Mirzo Ulug‘bek yodgorlik majmuasi qarshisidagi rasadxona ham buyuk bobokalonimizdan bizgacha yetib kelgan qutlug‘ obida sanaladi. Uning zinapoyalaridan Ulug‘bek bobomiz yuzlab marotaba chiqib tushganlar.

Bugun dunyoning turli kutubxonalari, muzeylari, ta’lim maskanlarida Mirzo Ulug‘bekning nigohi tushgan, ehtimol uning qo‘li bilan bitilgan nodir qo‘lyozmalar, buyuk temuriyzoda hukmdorga tegishli shaxsiy buyumlar saqlanayotgan bo‘lishi mumkin.

...Dunyoga mashhur Britaniya muzeyida sayyoramizning turli hududlaridan olib kelingan, bir necha ming yilliklarni o‘z ichiga olgan bu qadimiy muzeyni yiliga o‘rtacha 6-7 million kishi tomosha qiladi. Bu yerda 8 milliondan ortiq eksponat saqlanadi.

Ana shu eksponatlardan biri buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug‘bekka tegishli yashil nefrit (yashma) toshidan yasalgan №1959,1120.1 tartib raqami ostidagi kosadir.

Muzey saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kosa taxminan 1420-1449 yilllar oralig‘ida Samarqandda yuksak mahorat bilan ishlangan. Kosa ovalsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, unga 200-250 ml. suyuqlik joylashadi. Qadimda odamlar orasida nefritdan yasalgan idishga zaharli suyuqlik solinsa u parchalanib ketishi haqida afsonalar yurgan.

Mazkur kosa haqida poytaxtimizda 2017 yil may oyida “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzusida o‘tkazilgan 1 xalqaro kongressda Britaniya muzeyi vakillari ham ishtirok etishgan, ushbu kosa haqida alohida ma’ruza ham tinglangan edi.

Britaniya muzeyi islom kolleksiyalari muhofizining yordamchisi Ladan Akbarniyaning aytishicha, 1959 yilda Britaniya muzeyi arab yozuvida turkiy tilda buyuk olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bek nomi bitilgan ajoyib nefrit kosaga ega bo‘lgan.

Yashil tusdagi bu kosaning dastasi Xitoy mifologiyasidagi ajdar ko‘rinishini esga soladi. Kosa dastasining qarama qarshi tarafiga kumush bilan sayqal berilgan, kosa uchun asos bo‘lgan nefrit toshi Sharqiy Turkistonning Xo‘tan shahri yaqinidagi Kunlun tog‘idan keltirilgan bo‘lishi mumkin.

Mirzo Ulug‘bek boshqa ma’danlarga qaraganda nefrit toshini ko‘proq yoqtirgan. Chunki, Ulug‘bek tomonidan Sohibqiron qabri ustiga o‘rnatilgan tosh ham nefritdan yasalgan edi. Mazkur kosa sangtaroshlik san’atini o‘rta asrlarda Samarqandda taraqqiy etganini ko‘rsatadi.

Kosa keyinchalik Turkiyaga, Usmoniylar saltanatiga borib qolgan. Kosa qanday qilib Istanbulga yetib kelgani ham ancha bahsli masala. Ayrim taxminlarga ko‘ra, bu qimmatbaho idish Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchi tomonidan olib kelingan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Chunki, Ali Qushchi Mirzo Ulug‘bek uchun aziz farzand maqomida bo‘lgan. Ulug‘bekning o‘limidan so‘ng u Istanbulga kelib, buyuk ustozning ilmiy ishlarini davom ettirgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Uning qabri ham shu shaharda. Ehtimol, Ali Qushchi ustozidan yodgor sifatida u doim suv ichishda foydalangan kosani o‘zi bilan olib ketgan bo‘lsa kerak. 

Kosaning balandligi 7,3 sm, uzunligi 19,5 sm, eni 12,4 sm.ga teng. Mazkur topilma haqida ilk bor matbuotda ingliz olim va mutaxassislari Ralf Pinder-Uilson va Uilyam Uotsonlar ma’lumot berishgan.

Mazkur nodir durdona ayni paytga qadar dunyoning bir qator yirik ko‘rgazmalari paytida turli mamlakatlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Jumladan 2016-2017 yillarda mazkur kosa Xitoy, Kanada. Avstraliya, AQSh singari mamlakatlarning yirik shaharlarida o‘tkazilgan turli ko‘rgazmalarda taqdim etilgan.

Rustam Jabborov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Tramp dunyodagi superdavlatlar nomini aytdi

АҚШ Президенти Дональд Трамп журналистларга дунёнинг иккита суперқудрати қайси давлатлар эканини айтди.

Mourinyo – “Real” bosh murabbiyi...

Мадриднинг “Реал” клуби португалиялик мутахассис Жозе Моуриньони бош мураббий этиб тайинлаш бўйича келишувга эришди.

Ukraina dronlari o‘z askarlarini yo‘q qildi

Дарёдан сузиб ўтган Украина аскарлари Россиянинг “Шимол” гуруҳи назорати остидаги ҳудудда қуролсиз ҳолда топилган эди.

O‘zbekiston terma jamoasining JCh oldidangi rejalari ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоасининг Жаҳон чемпионати олдиданги тайёргарлик режаси маълум қилинди.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.