Berlin tungi klublari musiqalarni translyasiya qilish uchun United We Stream nomli onlayn tarmoqqa birlashdi. Bu haqda Buro 24/7 ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, loyiha 200 klub va art-menejerlarni o‘z ichiga oluvchi Clubcommission Berlin tashkiloti tomonidan ilgari surilgan. Onlayn translyasiyalar orqali klublar koronavirus epidemiyasi oqibatida kelib chiqqan zararning bir qismini qoplashi rejalashtirilmoqda. Didjeylar chiqishlari aks etgan translyasiyalar har kuni soat 19:00 dan 00:00 ga qadar davom etadi. Veb-saytda keyingi efirga qadar avvalgisini qayta ko‘rish imkoniyati mavjud.
Virtual party’lar uchun biletlar 10 yevro etib belgilangan bo‘lib, umumiy daromad karantindan keyin klublar o‘rtasida taqsimlab olinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.