Benzema: «Endi Makkaning yaqinida ekanim men uchun muhim».

Benzema: «Endi Makkaning yaqinida ekanim men uchun muhim».

Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi a’zosiga aylangan Karim Benzema 7 iyun kuni Jiddaga yetib kelib, klub tomonidan tanishtirildi.

Fransiyalik hujumchi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida karyerasini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qaror qilgani sabablari haqida gapirdi.

«Saudiya Arabistoni – musulmon, badavlat va chiroyli mamlakat. Men uchun musulmon mamlakatda ekanim va muxlislar meni yaxshi ko‘rishi muhim. Bu menga yangi hayotni boshlashga yordam beradi. Men arab tilida erkin suhbatlashishni istayman. Saudiya Arabistoniga kelganim – omadim, bu yerda endi Makkaning yaqinida ekanim men uchun muhim», - deydi Karim Benzema Saudiyadagi ilk intervyusida.

Ma’lumot uchun, asli kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan 35 yoshli forvard Jidda klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, fransiyalik hujumchi yillik 100 million yevro maosh oladi. Karim Mustafo Benzema bungacha Saudiya Arabistonida bir necha marta kelib, Makkada Haj va Umra ziyoratini ado etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!