Belgiyada tibbiyot xodimlari ish tashlash e’lon qildi

Belgiyada tibbiyot xodimlari ish tashlash e’lon qildi

Belgiyada tibbiyot xodimlari norozilik namoyishi o‘tkazmoqda: aksiya ishtirokchilari ish haqini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qilmoqda. Shuningdek, ular kasalxonalar va qariyalar uylarida xodimlar sonini ko‘paytirish zarurligini ta’kidlamoqda, deya xabar beradi Euronews.

Bryussel ko‘chalariga 20 mingga yaqin odam chiqdi.

Hukumat vakillari namoyishchilar muammosini hal qilish kerakligini tan oldilar, ammo hozircha faqat reja taklif qilishdi.

«Bu yerga kelishimizdagi talabimiz hamshiralar sonini ko‘paytirish, bu kasb yoshlarga qiziq bo‘lishi kerak. Chunki bu kasbda ishlab turib, mustahkam oilaviy hayot yaratish qiyin, – deydi hamshira Taniya Genderes.

Belgiya kasaba uyushmasi hukumatning harakatlarini tanqid qildi – koronavirus inqirozi paytida ko‘plab tibbiyot xodimlari vazifalarning ko‘pligiga bardosh bera olmay, o‘z ish o‘rinlarini tark etishgan. Yangi xodimlar jalb etilmaganligi sabab, bemorlarga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilmaydi. Shuningdek, byudjetda bu sohani qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ko‘rilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!