Bektemir Meliqo‘ziyev ochiq mashg‘ulotda ishtirok etdi

Bektemir Meliqo‘ziyev ochiq mashg‘ulotda ishtirok etdi

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (13-1, 10 KO) 20 aprel (bizning vaqt bilan 21 aprel tongi) kuni o‘zining 15-jangini o‘tkazadi.

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari sohibi bo‘lib turgan charm qo‘lqop ustamiz shu kuni fransiyalik Pyer Yuber Dibombe (22-0-1, 12 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak jangda Meliqo‘ziyev o‘ziga tegishli kamarni himoya qiladi. Bugun u rasmiy ochiq mashg‘ulotda ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Nyu-Yorkda o‘tadigan katta boks oqshomining markaziy jangi birinchi yarimo‘rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Xeyni va Rayan Garsiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu prof boks oqshomi DAZN PPV pullik platformasida translyasiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!