Bekobod va Navoiyda tadbirkorlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bekobod va Navoiyda tadbirkorlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.I.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi sobiq hisobchisi M.X. va boshqalar avtomobillarga gaz sotuvidan tushgan jami 977,7 mln so‘mni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.-F.” MCHJning omborxona mas’ul shaxslari o‘zlariga ishonib topshirilgan 5 518 xil turdagi dori vositalarini sotib yuborib, jami 515,1 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!