Baydenning Yelizaveta II ning dafn marosimida kulgani videoga tushib qoldi

Baydenning Yelizaveta II ning dafn marosimida kulgani videoga tushib qoldi

AQSh prezidenti Jo Bayden Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimida kuldi va uning shu holati videoga tushib qoldi.

Videoda turmush o‘rtog‘i Jill bilan Vestminster abbatligiga kelgan Amerika yetakchisining marosimda ishtirok etayotganlardan biri bilan nimanidir xursand bo‘lib muhokama qilayotgani aks etgan.

AQSh prezidenti muntazam ravishda noqulay vaziyatlarga tushib qoladi. U Liviya va Suriyani, Iroq va Eronni, Barak Obama va Donald Trampni, eskalasiya va vaksinasiyaniadashtirib yuborgan, birinchi urinishda Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning familiyasini to‘g‘ri talaffuz qila olmagan va Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qo‘ygan.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatni 70 yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. Bugun, 19 sentyabr kuni uning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!