Bayden Kaxovka GESining buzilishidan xavotirda

A A A
Bayden Kaxovka GESining buzilishidan xavotirda

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kaxovka GESida portlash sodir bo‘lgani haqidagi xabarlardan xavotirda, deya xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington sodir bo‘lgan voqeaning ehtimoliy oqibatlarini aniqlashga harakat qilmoqda.

"Bayden ma’muriyati rasmiysi seshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya nazoratidagi to‘g‘on portlashidan juda xavotirda ekanligini aytdi ... va mumkin bo‘lgan ta’sirni aniqlashga harakat qilmoqda", dedi agentlik manbasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!