Bayden: "AQSh va Gresiya birgalikda ukrainaliklarga yordam berishadi"

Bayden: "AQSh va Gresiya birgalikda ukrainaliklarga  yordam berishadi"

AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Vashington va Afina Moskvaga qarshi birga bo‘lishi hamda demokratik davlatlar hamkorlik qilish qobiliyatini namoyish qilishi kerak.

U, shuningdek, “Rossiyaga og‘ir iqtisodiy zarba” berishga chaqirdi.

Bu haqda Gresiya bosh vaziri Kiryakos Misotakis matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Biz konstruktiv muzokaralar olib bordik. Gresiya va AQSh bir mushtdek birga bo‘lib, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashi va (Rossiya prezidenti Vladimir. – RT) Putinni javobgarlikka tortish uchun Rossiyaga og‘ir iqtisodiy zarba berishlari kerak”, — dedi Bayden.

U, shuningdek, mamlakatlar birgalikda Rossiya bilan qarama-qarshilikda ukrainaliklarga yordam berishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!