Baxtiyor Saidov Vengriya TIV rahbari bilan gaplashdi

Baxtiyor Saidov Vengriya TIV rahbari bilan gaplashdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qadrdon birodarim, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan telefon orqali suhbatlashib, ikki tomonlama hamkorligimizning keng qamrovli kun tartibini atroflicha muhokama qildik. O‘zbekiston va Vengriya munosabatlari barcha sohalarda izchil sur’atlarda rivojlanib bormoqda”, deydi Baxtiyor Saidov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!