“Baxt qushi” seriali: aktyor Mo‘min Rizo o‘qituvchi obrazida gavdalanadi

“Baxt qushi” seriali: aktyor Mo‘min Rizo o‘qituvchi obrazida gavdalanadi

Aktyor Mo‘min Rizoning aktyorlik faoliyatida boshqa rollaridan tubdan ajralib turadigan roli bu “Baxt qushi” serialidagi o‘qituvchi Botirjon obrazidir. U bu serialda bosh rolni ijro qilgan bo‘lib, serialning bosh prodyuseri hamdir.

Serial rejissyori — Ibrohim Rasulov. Ssenariy muallifi — Mikoyil Suleymanov. Serialda taniqli aktyorlardan Erkin Komilov, Hosiyat Husanova, Ra’no Yarasheva, Said Muxtorov, Mo‘min Rizo, Gulbahor Dadamirzayeva, Muslimbek Yo‘ldoshev, Nigina Anarbayeva va boshqa 40 dan ortiq aktyor va aktrisalar suratga tushishgan.

Serialda Mo‘min Rizoning rafiqasi aktrisa Ziyoda Normurodova, u bilan partnyor bo‘lib, xarakterli rolni ijro qilgan.

Mo‘min Rizoning o‘zi pedagog ziyolilar oilasidan bo‘lganligi uchun ham, bu serial g‘oyasi uning o‘ziga tegishli bo‘lib, serial mamuniga ko‘ra, kelajak avlod vakillariga o‘rnak bo‘layotgan o‘qituvchilar timsolini yaratish maqsadida suratga olingan. Serial ssenariysi bir yil davomida aynan Mo‘min Rizo uchun yozilgan bo‘lib, uning qahramoni hammaga ibrat bo‘lishga loyiq o‘qituvchi timsolidir.
Serial mazmuniga ko‘ra, maktab va undagi yosh avlodga bilim berayotgan o‘qituvchilar faoliyati, mahalla, hamda oilaviy qadriyatlarni, tomoshabinlarga yetkazib berib, ularni fikr-mulohazaga chorlaydi.

Serialning bosh qahramoni o‘qituvchi Botirjon nafaqat o‘z kasbining fidoiysi, balki sadoqatli oila boshlig‘i, hamda mahallaga o‘rnak bo‘lgan insondir. Oqil, fikr-mulohazali, og‘ir-bosiq, ziyoli bu o‘qituvchi, kelajak avlodga bilim berishga, har bir ishda yoshlarga namuna bo‘lishga intiladi. Serialning suratga olish ishlari bir yil davom etgan bo‘lib, bu vaqt ichida Mo‘min Rizo chinakamiga o‘z qahramoni hayoti bilan yashagan.

Suratga olish kunlarida, tog‘ yon-bag‘rida joylashgan dala-hovlilarning birida suratga olish jarayonida, aktyor Mo‘min Rizo rolga azbaroyi kirishib ketganidan haqiqiy falokat sodir bo‘lishiga oz qolgan. Serialdagi voqeaga ko‘ra, dala-hovliga shahardan o‘z o‘quvchisini qutqarish uchun kelgan Botirjon, o‘g‘rilar to‘dasi bilan kurashishi kerak edi. S’yomka jarayonida, Mo‘min Rizo o‘qituvchi Botirjon obrazida, o‘g‘rilar rolini ijro qilgan aktyorlarning har biri bilan mushtlashayotgan vaqtida, buni rol ekanligini yodidan chiqarib, rolni yurakdan ijro qilganidan, o‘g‘ri rolini ijro qilayotgan ijrochilardan birining qo‘lini chinakamiga sindirib qo‘ygan. Albatta, bu ko‘ngilsizlik. Ammo, aktyor o‘sha lahzalarda o‘sha o‘qituvchi Botirjon rolida yashab, chinakamiga o‘z o‘quvchisini o‘g‘rilardan himoya qilishni o‘ylagan. Shuning uchun ham, bu ko‘ngilsizlik sodir bo‘lishiga sabab, aktyor o‘z rolini yurakdan his qilib ijro qilganidadir.

O‘qituvchi Botirjon rolida Mo‘min Rizo, ziyolilar nafaqat ilmli, fidoiy, mehribon, balki, vaqti kelsa, o‘z o‘quvchilari himoyasi uchun otlanishga shay mard va jasur insonlar bo‘lishini ham isbotlab bergan.

Aktyor serial davomida o‘z qahramonining ichki kechinmalari, o‘z oilasiga bo‘lgan mehru vafosi, hamda o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqatini to‘la-to‘kis namoyish etgan.

Aktyorning bu obrazi va mazkur serial, tomoshabinlarda o‘qituvchilik kasbining mashaqqatli tomonlarigacha ochib bergan holatda, bu kasbga nisbatan chuqur mehr va hurmatning oshishiga sabab bo‘ladi.

“Baxt qushi” seriali tez kunlarda telekanallardan birida namoyish etilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!