Bashariyatning eng kuchli bilim egasi Eynshteyn emas

Bashariyatning eng kuchli bilim egasi Eynshteyn emas

Biz nazarda tutgan zot tibbiyotni, falsafani, kimyoni, fizikani, riyoziyotni, geologiyani, astronomiyani, tarixni, dorishunoslikni, geografiyani va tarjimai hol ilmini mukammal bilgan.

U antropologiya va geodeziyaning asoschisidir. U birinchi bo‘lib yer o‘z o‘qi atrofida aylanishini aytgan. Uning turli ilmlarda yozilgan 120 dan ortiq kitobi bor. U ensiklopedik olim.

U haqda Jorj Sorton o‘zining “Ilm muqaddimasi” kitobida bunday deydi:

“U islom buyuklarining eng buyugidir. Dunyo olimlarining eng ulug‘idir”.

Olmoniyalik sharqshunos Eduard Zaxau aytadi:

“U tarix bilgan eng buyuk ilm egasidir”.

U ertak emas. U ­- Abu Rayhon Ahmad ibn Muhammad Beruniydir!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!