"Barselona"ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

"Barselona"ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, "Barselona"ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlangan.

Gap himoyachilar Kleman Langle va Dani Alves haqida ketmoqda. Qayd etilishicha, bu futbolchilar ertaga soat 18:00ga belgilangan Rojdestvo dam olish kunlaridan keyingi birinchi mashg‘ulotga qo‘shilmaydi.

Ma’lumotga ko‘ra, ikkala futbolchi ham allaqachon uyda yakkalanib, o‘zlarini qulay his qilmoqda. Klub allaqachon vakolatli organlarni kovid bilan kasallangan holatlar haqida xabardor qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!