"Barselona" murabbiyligi uchun da’vogar nomi aytildi

"Barselona" murabbiyligi uchun da’vogar nomi aytildi

"Barselona" sobiq forvardi, Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi assistenti Tyerri Anri Ronald Kumanning ehtimoliy iste’fosi sabab, Kataloniya klubini boshqarish uchun navbatdagi da’vogarga aylandi.

"Ko‘k-anorranglilar" Anri nomzodini 2017 yilda ham ko‘rib chiqishgan, yakunda esa jamoani Ernesto Valverde qabul qilib olgan edi.

Endilikda "Barsa" yana 44 yoshli fransiyalikning variantini o‘rganmoqda.

Kataloniyaliklar yangi murabbiylikka Xavi yoki Anri kabi o‘zining sobiq o‘yinchilaridan birini tayinlashni afzal ko‘rmoqda.

Oldinroq ma’lum bo‘lganidek, agar Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Martines "Barselona"ni boshqarsa, Anri uning shtabiga ham kirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!