"Barselona" Bartomeuni sudga berishi mumkin

"Barselona" Bartomeuni sudga berishi mumkin

"Barselona" prezidenti Xoan Laporta klubning sobiq boshlig‘i Xosep Bartomeu ustidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sud jarayoni haqida gapirdi.

"Menda Bartomeuni sudga berish uchun ko‘p sabablar bor. Uning faoliyatini tekshirish tugagandan so‘ng, biz Xosepning harakatlarida jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligini baholay olamiz. Agar biz g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil bo‘lsa, buni qilamiz", - dedi Laporta.

Avvalroq Laporta avvalgi rahbariyatning harakatlari tufayli "Barselona" 1,35 milliard yevro miqdorida qarz bo‘lganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!