«Barselona» Arturo Vidal transferini hal qildi

«Barselona» Arturo Vidal transferini hal qildi

«Bavariya» yarimhimoyachisi Arturo Vidal tez orada «Barselona»ga ko‘chib o‘tadi.

"Kun" nashri bergan xabarga ko‘ra, bir hafta muqaddam muzokaralarni boshlagan Kataloniya klubi myunxenliklar bilan kelishuvning eng so‘nggi mayda detallarini hal qilib olishi qolgan.

Vidalning o‘zi «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Goal.com xabariga ko‘ra, Ispaniya chempioni ushbu 31 yoshli futbolchi transferi uchun 20 million yevro to‘laydi.

Arturoga «Inter» va «Milan» klublaridan ham jiddiy qiziqishlar bildirilayotgandi.

Endilikda u yaqin kunlar ichida Kataloniyaga uchib, yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

2015 yilda «Bavariya»ga kelgunga qadar Vidal 4 yil mobaynida Turinning «Yuventus» jamoasi safida o‘ynagan. Bundesliganing o‘tgan mavsumida 31 yoshli yarimhimoyachi 22 o‘yinda (ulardan 17 tasida asosiy tarkibda) maydonga tushib, 6+2 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!