Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 dekabr kuni banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda banklar faoliyati mahallagacha tushirilgani o‘z natijasini berayapti. Xususan, Namangan viloyati Uychi tumanida banklar 3 ming 200 ta faol mijoz bilan ishlab, ularga yordam bergani uchun 9 ming odam doimiy ishli bo‘ldi. Kambag‘allar soni 6 mingga kamaydi.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi 3 ming 200 ta xonadonda loyihalar ishga tushirildi, 12 ming odam o‘z tomorqasida daromad topishni o‘rgandi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 13 ming 500, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 28 ming ish joyi yaratildi. Bularning hisobiga qo‘shimcha 10 mingdan ziyod aholi kambag‘allikdan chiqarildi.

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Umuman, mazkur 4 ta – Uychi, Sayxunobod, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari doirasida yil boshidan buyon 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘lgan. Jami rasman band bo‘lganlar ilk bor 10 million 500 ming nafarga yetgan.

Bundan tashqari, Xo‘jayli, Asaka, Vobkent, Bulung‘ur, Yangiyer, Qo‘shtepa, Shovot kabi 57 ta tumanda ishsizlik 5 foizdan pasaygan.

Markaziy bank va joylardagi banklar bu ijobiy tajribalarni kengaytirib, xalqqa madad bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

– 2025 yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda shu boradagi yangi imkoniyatlar va rejalar ko‘rib chiqildi.

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Oxirgi 6 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘lgan. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochgan. Endi banklar mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqishi kerak.

Shu bois ularga “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida shartsiz 300 million so‘m kredit beriladi. Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholi ishli bo‘ladi.

Ilgari banklar oilaviy tadbirkorlik dasturlariga mablag‘ni faqat davlatdan olgan. Xalq banki tashabbus qilib, Osiyo taraqqiyot banki bilan “moliyaviy ommaboplik” dasturi doirasida 50 million so‘mgacha ortiqcha hujjat va garovsiz kredit berayapti.

Ushbu namuna asosida, kelgusi yil 9 ta davlat banki 1 milliard dollar kredit berib, 250 ming odamni daromadli qilishi mumkinligi aytildi.

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Faol tadbirkorlar ishtirokida 27 ta tumanda ochilgan kooperasiyalar yaxshi samara berayapti. Kelasi yil 30 ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik va asalarichilik bo‘yicha shunday kooperasiyalar tashkil qilinadi. Bunga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Ham investisiya olib keladigan, ham ko‘p ish o‘rni yaratadigan startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun davlat banklari venchur kompaniya tuzib, mahalla startaplariga o‘z mablag‘idan jami 50 million dollar ajratadi. Har bir bank xususiy sherik topib, startaplarni biznesga aylantiradigan akseleratorlar ochadi.

Yig‘ilishda og‘ir tumanlarda ishsizlikni kamaytirish masalasiga alohida yondashildi. Ularga boshqa hududlardan tajribali tadbirkorlar jalb qilinib, loyihalari uchun yengil kreditlar hamda infratuzilmasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Bu 1 million 300 ming aholini daromadli qilish imkonini beradi.

Davlat infratuzilma qilib bersa, tadbirkorlar qo‘shimcha 31 trillion so‘mlik 3,5 mingta loyiha va 200 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish tashabbusini bildirgan. Kelgusi yilda ushbu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Yana bir tahlil: 85 ming gektar yerda kam daromadli ekin ekilgani sababli samarasi pastligicha qolmoqda. Shu bois bunday yerlar yirik konturga birlashtirilib, yetakchi tadbirkorlarga ikkilamchi ijaraga beriladi. Yer egasiga ijara haqi va mahsulotni sotishdan ulush to‘lanadi. Ekin ekmagan aholiga yerini boshqasiga ikkilamchi ijaraga berish haqida majburiy talabnoma kiritiladi. Kelasi yil taqsimlanadigan 100 ming gektar yer ham shu tartibda ajratiladi.

60 ta ilg‘or shahar-tuman ishsizlik va kambag‘allikdan xoli bo‘lish imkoniyatiga ega. Buning uchun kelgusi yilda ulardagi 2 million aholini band qilib, 417 mingta oilani kambag‘allikdan olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Bu maqsadlarga erishish uchun banklar moliyaviy mustahkam bo‘lishi kerak. Shu bois faqat davlat beradigan pulga bog‘lanib qolmasdan, tashqi manbalardan 6 milliard dollar jalb qilish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, kelasi yili aholi omonatlarini 11 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Huquqiy asos yaratilgani uchun bu yil 5,5 trillion so‘mlik mikromoliya va faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu asosdan foydalanib, endi davlat banklari ham o‘zining mikromoliya va faktoring kompaniyasini ochishi, unga xorijiy investorlarni jalb qilishi mumkin.

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Yig‘ilishda banklar oldidagi muammolar ham tahlil qilinib, hal qilish choralari ko‘rildi.

Masalan, banklar balansida 3 mingta harakatsiz mulk bor. Ular sotilsa, qo‘shimcha resurs va 150 mingta ish o‘rni uchun zaxira paydo bo‘ladi. Shu bois banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishi belgilandi.

Kredit qarzi hisobidan garovni sud orqali undirishga ham ko‘p vaqt ketayapti. Shuning uchun bu boradagi qonunchilikni o‘zgartirish, unda garovga nisbatan bank huquqlari ustuvorligini hamda undiruvga qaratilgan mulklar tezroq sotilishini nazarda tutish zarurligi aytildi.

Hokimliklar bilan banklarning mahallalarda muvofiq ishlash tizimi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda tuman hokimlari loyihani joy va infratuzilma bilan ta’minlash majburiyatini oladi, banklar esa tadbirkorlar loyihalariga ko‘maklashadi, muammosi bo‘lsa, hal etadi, ishsizlarni biznesga jalb qiladi.

Banklar aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda faol bo‘ladi

Shu maqsadda mahalla bankirlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Ular mahallaning biznes imkoniyatlarini o‘rganadi, odamlarning g‘oyalari va qobiliyatini loyihalarga aylantiradi. Aholiga moliyaviy tartiblarni, mahsulot va xizmatlarini sotishni o‘rgatadi, loyihalarga hamrohlik qiladi.

Umuman, jahon iqtisodiyotidagi bugungi murakkab sharoitda moliya-bank tizimining barcha darajalarida moliyaviy intizom va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda hokimlar va bank rahbarlari 2025 yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha hisob-kitoblarini aytdi. Muloqotda hududlardagi ijobiy tajribalar, mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

“Ўзгидромет” Ўзбекистонда 15 декабрь, якшанба куни об-ҳаво қандай бўлиши ҳақида маълумот берди.

«An-Nasr» futbolchilariga avtomobil sovg‘a qildi. Ronaldu va Manega BMW XM topshirildi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби ўз футболчиларига қимматбаҳо совға тайёрлади.

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» портали саҳифаларида «Ан-Наср»нинг юлдуз ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг нархи янгиланди.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

Ўзгидромет ўзининг 14-16 декабрь кунлари учун эълон қилган прогнозларида бу хақида маълум қилди.

Naoya Inoue nihoyat Murodjon Ahmadaliyevga javob qaytardi

Мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ Муроджон Аҳмадалиевнинг чорловига жавоб қайтарди.

Rossiya Ukrainadan yerlarini qaytarib olganini e’lon qildi

Киев кучлари август ойида қуруқликдан у ерга катта ҳужум уюштирган эди.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi bayonot bilan chiqdi

Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.

Turkiya Isroilga xabar yubordi

Агар Нетаняху маъмурияти Трампдан яшил чироқ олса...

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda

21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

Айтганча, агар мамлакатимиз таркибига яна янги, лекин бизга жуда яқин ҳудудлар қўшилса, бу тажрибадан келажакда ҳам фойдаланиш мумкин.

Suriya yangi hukumati BMTga ilk talabnoma yo‘lladi – hujjat Isroil xususida...

Сурия муваққат ҳукумати БМТ Хавфсизлик кенгашини Исроилнинг Сурияга қарши ҳужумларини тўхтатиш борасида амалий ҳаракатга ундади.

O‘zbekistonda 19 dekabrdan havo harorati ko‘tarilishni boshlaydi

20 декабрда баъзи жойларда ёмғир ва қор ёғиши кутилмоқда.

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad 8 dekabrdan buyon ilk bor bayonot berdi

Асаднинг айтишича, у дастлаб Дамашқдан Ҳумеймимга йўл олган. Ўша ерда пойтахтнинг қуролли мухолифат назоратига ўтганлиги маълум бўлган.

Bashar Asad Suriyadan evakuasiya qilinganidan keyin ilk bor bayonot berdi

Суриянинг собиқ президенти Башар Асад 8 декабрь эрта тонггача Дамашқда қолганини ва мамлакатни тарк этиш ниятида бўлмаганини маълум қилди.

Lisenziyasiz «Umra» safarini uyushtirayotganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

Марғилон шаҳрида яшовчи М.А. ваколати бўлмаса-да Фарғона шаҳрида истиқомат қилувчи 5 нафар фуқарони «Умра» зиёратига юборишини айтиб, хизмати эвазига 5700 АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi

Сурияда Асад режими ағдарилганидан сўнг Исроил буфер зонани эгаллаб олди ва Голан тепаликлари ҳар доим мамлакатнинг бир қисми бўлишини эълон қилди.

AQSh Gruziyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

АҚШ яқин ҳафталарда Грузияга нисбатан янги санкцияларни эълон қилади.

Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Сурия Марказий банкида ҳозирги бозор қиймати тахминан 2,2 млрд долларга тенг 26 тонна олтин сақланмоқда. Бу ҳақда Reuters ўз манбаларига асосланиб хабар берди.

«Shido» bo‘roni qurbonlari soni 20 nafardan oshdi

Франциянинг денгизорти ҳудуди — Майотта оролида «Шидо» тропик бўрони қурбонлари сони 20 нафардан ошди. Бу ҳақда BFMTV телеканали хабар берди.

Ukraina dunyoda lazer qurollari mavjud bo‘lgan beshinchi davlatga aylandi

Бу ҳақда учувчисиз тизимлар қуролли кучлари қўмондони Вадим Сухаревский маълум қилди.

Kreml Suriyadagi Rossiya bazalari haqidagi savolga javob berdi

РФ президентининг матбуот котиби Дмитрий Песков журналистларга Россиянинг Суриядаги ҳарбий базалари бўйича якуний қарорлар йўқлигини айтди.

Rossiya armiyasi "yaqin o‘n yillikda" NATO bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaroga tayyor bo‘lishi kerak — Rossiya Mudofaa vaziri

Белоусовнинг сўзларига кўра, бу каби можаро эҳтимолини NATO'нинг шу йил июл ойида бўлиб ўтган саммитида қабул қилинган қарорлар кўрсатмоқда.

Hech kim bizni yadroviy qurol bilan do‘q-po‘pisada ayblamasin: bu yadroviy tiyib turish siyosatidir — Putin

Дунёдаги ҳарбий-сиёсий вазият мураккаб ва беқарорлигича қолмоқда, деди Россия президенти Владимир Путин Мудофаа вазирлиги ҳайъатида сўзга чиқиб.

Isroil falastinliklarni otishni avtomatlashtirmoqda

Исроил армияси босиб олинган Ғарбий Соҳилда назорат-ўтказиш пунктларига масофадан бошқариладиган автоматлаштирилган қуролларни ўрнатишни бошлади.

Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlarining «muqaddas burchi»ni e’lon qildi

Путиннинг таъкидлашича, 2024 йилда Россия ҳарбийлари Украинанинг 189 та аҳоли пунктини эгаллаб олган.

Damashqda 20 metr yer ostidagi ommaviy qabrlar

Сурияда 150 га яқин оммавий қабрлар топилди.

Putinning bayonotlari: Biz Ukraina xalqi bilan urushmayapmiz...

Путиннинг фикрича, Зеленский ва унинг шериклари эртами кечми халқнинг ғазабини ҳис қилишади ва «бугунги кунда ўз вазифаларини бажараётганлар ниқоби остида хорижга қочиб кетишади».

Nigeriyada kema halokatida 20 kishi halok bo‘ldi

Қидирув-қутқарув ишлари давомида 20 кишининг жасади топилди, 11 киши қутқарилиб, шифохонага етказилди.

Termizda turar joy binosining suvog‘i shamolga dosh berolmay ko‘chib tushdi

Ҳозирда буюртмачи-пудратчи ташкилот — «Термиз қурилиш индустрия саноат» ИК томонидан муаммони бартараф этиш мақсадида барча керакли қурилиш материаллари олиб келинган

Mayottadagi halokatli siklon qurbonlari soni ortmoqda

"Шидо" баъзи аҳоли пунктларини вайрон қилиши мумкин, унинг кучи соатига 225 километрни ташкил этди.

Qo‘qonda talaba qiz yotoqxonaning 3-qavatidan tushib ketdi

Бунга талабанинг хонадош дугоналари билан ўзаро келишмовчилиги сабаб бўлгани айтилмоқда.

Isroil «aksil-isroil siyosati tufayli» Dublindagi elchixonasini yopadi

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар якшанба куни Ирландия ҳукуматининг «анти-исроил сиёсати» туфайли элчихонасини ёпишини маълум қилди.

Isroil kuchlari G‘azodagi maktab boshpanasiga bostirib kirib, kamida 15 kishini o‘ldirdi

Қолган кўчирилганлар, жумладан аёллар ва болалар Исроил кучлари томонидан Халил Овайда мактабидан чиқариб юборилгани хабар қилинган.